Jamoa va hamkorlik
Kim bu ishni qiladi
AURA — katta shtat emas. 12 mutaxassisdan iborat bitta natija jamoasi, va har bir loyihada aynan shu tarkib ishlaydi.

Safarmurod Abduroziqov · Founder
Founder hikoyasi
2020
Marketingga kirdim. Freelancer sifatida 200+ loyihada ishladim — turli yo’nalishlar, turli sohalar. Orada o’z agentligimni ham sinab ko’rdim.
2023
UIC Group’ga SMM Manager bo’lib kirdim. Bir yilda Head of Marketing bo’ldim. UIC IT Academy’ni noldan zapusk qildim. Entertainment Uzbekistan — kompaniya ichida sub-brend agentlik ochdim.
2024
AURA Digital’ga asos soldim. Faqat IT va texnologiya kompaniyalari uchun kompleks yechim taklif qilamiz.
“Bizga marketing kerak emas, mahsulot o’zi sotiladi.”
— sohada eng ko’p eshitgan jumlamiz. AURA aynan shu ishonchga qarshi qurilgan.
Qadriyatlar
Natijaga bog’liqlik
Raqam bo’lmasa, ish bo’lmagan.
Foyda keltiradigan strategiya
Chiroyli emas — ishlaydigan.
Raqamlarga asoslanish
His-tuyg’u emas, ma’lumot.
Mijoz roziligi
Uzoq muddatli hamkorlik, bir martalik bitim emas.
Jamoa tarkibi
12 mutaxassis — bitta natija jamoasi.
Har loyihada aynan shu rollar ishlaydi — loyihaga qarab odam emas, tizim biriktiriladi.
Kim bilan ishlaymiz
Bizning mijoz
- +IT outsourcing va dasturiy ta’minot
- +ERP va integratsiya yechimlari
- +SaaS va o’z mahsuloti bo’lgan kompaniyalar
- +Sun’iy intellekt (AI) mahsulotlari
- +Mobil ilovalar va B2C texnologiya
- +Telecom va texnologiya xizmatlari
- +Startaplar — g’oya, MVP yoki launch bosqichida
Ishlamaymiz
- –IT va texnologiyadan tashqari sohalar
- –Islomda taqiqlangan yo’nalishlar
- –Loyiha byudjeti $12 000 dan past
- –Sotuv bo’limi qurishni istamaganlar
- –Fikrini har kuni o’zgartiradiganlar
- –1 oyda natija kutganlar
- –Byudjetsiz «sherikchilik» takliflari
Bu ro’yxat manmanlik emas — vaqtni ikkala tomon uchun tejash.
Hamkorlik shartlari
Narx mantiqi
«Qimmat»mi? Matematikaga qaraylik.
Arzon marketing — eng qimmat marketing: natijasiz sarflangan pul. To’g’ri savol «qancha turadi?» emas — «qancha qaytaradi?»
Kafolat siyosati
Biz «ko’rinish», «qamrov» yoki «obunachi» bilan hisobot bermaymiz. Biz Marketing Qualified Lead va belgilangan uchrashuvlar bilan javob beramiz. Agar lead sifati kelishilgan mezonga tushmasa — uni o’z hisobimizdan to’g’irlaymiz.
Biz qayoqqa ketyapmiz
IT/B2B’da №1
O’zbekistonda IT’ga ixtisoslashgan yagona performance agentlik.
Xalqaro loyihalar
Dubay va MDH bozorlariga mijozlar bilan birga chiqamiz (Celion tajribasi bor).
Marketing + Sales agregator
Marketing va sotuvni bitta tizimga birlashtiramiz — lead sotuvchiga tayyor holda yetib boradi. Mintaqada GTM standartini o’rnatamiz.
O’zingizni «Bizning mijoz» ustunida ko’rdingizmi?
Unda 10 savolga javob bering — 24 soat ichida tahlil bilan qaytamiz.
