Qanday ishlaymiz
Har bir loyihada bir xil, isbotlangan tizim bo'yicha ishlaymiz. Bu tizim 50+ loyihada sinovdan o'tdi va har safar kuchayib bordi. Quyida — uning har bir elementi ochiq. Yashiradigan hech narsamiz yo'q.
50+ loyiha · $1 000 000+ boshqarilgan byudjet · bitta tizim
ASOSIY FARQ
Biz voronkani leadda emas — sotuvda tugatamiz.
Bozorda agentliklar bir xil ishlaydi: reklama sozlanadi, lead keladi, keyin «qolgani sizning ishingiz» deyiladi. Lead — bu ular uchun tugash chizig'i. Biz uchun esa — o'rtasi.
Bizning mas'uliyatimiz mijoz sotib olishga tayyor bo'lganda tugamaydi. U mijozning sotuv bo'limi sifatli, malakali mijoz bilan gaplashayotganigacha davom etadi. Biz sotuvni o'zimiz yopmaymiz — bitimni mijozning sotuvchilari yopadi. Lekin ularning stoliga faqat sotuvga tayyor mijoz keladi.
Tizim ichida
Har bosqich — o'z sahifasida batafsil
Tizimni ko'rdingiz. Endi uni loyihangizga qo'llaymiz.
Aloqa formasini to'ldiring — 10 ta savol orqali loyihangizni tushunamiz va sizga mos keysdagi real raqamlarni yuboramiz. Bu — yuqorida ko'rgan Metod 2 ning o'zi.






























