DeepVision
Odoo ERP implementatsiyasi
$1 124 → $200 000+
178×9 oyda, noldan. O'zbekistonda birinchi, O'rta Osiyoda ikkinchi Odoo Gold Partner.
Fact sheet
Vaziyat
Hamkorlik boshlanganda kompaniya mavjud emas edi. Asoschisi Amon Olimov oxirgi pulini shu xizmatga to'lagan.
Maqsad jasur edi: bir yilda O'zbekistonda birinchi Odoo Gold Partner bo'lish. 9 oyda erishdik.
Strategiya
ERP — murakkab mahsulot. Uni bir reels bilan sotib bo'lmaydi. Odam $50 000 lik qarorni bir reklamani ko'rib qabul qilmaydi. Shuning uchun bosqichma-bosqich ishonch qurdik — ishonch zinapoyasi:
Kontent
70 video — bozorni tarbiyalaydi, ishonch yaratadi
1-Event
101 kishi — ishonchni jonlantiradi, yuzma-yuz aloqa
Odoo Forum
400+ kishi — xalqaro brend bilan yonma-yon
Hakaton
200+ dasturchi — ekotizim qurildi
Natija
$200 000+ — offer sotadi
Ijro
- 01 · Kontent — 70 video — YouTube'da 10 ta VSL (Video Sales Letter) darslik va shorts. Doimiy organik oqim ishga tushdi.
- 02 · 1-Event — 101 ishtirokchi — Birinchi jonli tadbir. Auditoriya bilan birinchi aloqa.
- 03 · Odoo Forum — 400+ ishtirokchi — Hilton. Xalqaro Odoo kompaniyasi bilan birga. 400+ MQL sotuv bo'limiga tushdi.
- 04 · Hakaton — 200+ dasturchi — Ekotizim qurildi. Ba'zi ishtirokchilar jamoaga ishga olindi.
- 05 · Natija — 9 oyda 25 sotuv, $200 000+ aylanma va Gold Partner maqomi.
Natijalar
Eng kuchli moment
“Targetni o'chiring — lead yetarli, loyihalar 6 oyga yetadi.”
— Amon Olimov, DeepVision asoschisi
4-oyda mijozning o'zi aytdi. Reklama o'chirilgandan keyin ham 6 oy davomida videolardan murojaat kelib turdi.
Xulosa
Kontent — bu aktiv. Reklamani to'xtatsangiz, u to'xtaydi. Kontent esa ishlashda davom etadi.
Bu keys bizning Performance + Brend tezisimizning eng aniq isboti: faqat target quysak, lead kelardi va tugardi. Kontent va eventlar esa ishonch qurdi — va mijozlar o'zlari qo'ng'iroq qila boshladi.
Video
Sizning loyihangizda ham shunday qilamiz.
30 daqiqada hozirgi voronkangizni ko’rib chiqamiz — aniq action plan bilan chiqasiz.
