MySchool
EdTech · Startap-test
22 sotuv — reklamasiz
Mahsulot hali yo'q edi. Avval talabni sinab, lead va waitlist yig'dik. Mahsulot tayyor bo'lgach — o'sha leadlar sotuvga aylandi.
Fact sheet
Vaziyat
Dastlab Progress Solutions (IT outsourcing) uchun lead generatsiya olib borardik. Lead oqimi ichida xususiy maktablarni avtomatlashtirishga bo'lgan aniq va takrorlanuvchi talabni sezdik.
Bu topilma shunchaki qayd etilmadi — u raqamlar bilan tasdiqlandi. Va shu asosda MySchool mahsuloti tug'ildi.
Strategiya
Mahsulot hali ishlab chiqilmagan edi. Shunday bo'lsa ham, biz talabni sinab ko'rdik:
Reklama → Lead → Pullik waitlist → Mahsulot qarori → Ishlab chiqish → Sotuv.
Pul — talabning eng ishonchli isboti. Odam so'z bilan «qiziq» deyishi mumkin, lekin pul to'lasa — bu haqiqiy talab.
Ijro
- Talabni raqam bilan isbotladik → mahsulot qarori asoslandi
- Startap-test: mahsulotsiz lead va pullik waitlist yig'dik
- Kampaniyani o'quv yili mavsumiga moslab ishga tushirdik
- Mahsulot tayyor bo'lgach — o'sha leadlar sotuvga aylandi
Natijalar
Xulosa
To'g'ri sozlangan lead generatsiya shunchaki lead bermaydi — u yangi biznes yo'nalishini ochib beradi.
Bu keysning asosiy qiymati aynan shu: lead oqimidagi tahliliy topilma butunlay yangi mahsulot tug'dirdi.
Video
Sizning loyihangizda ham shunday qilamiz.
30 daqiqada hozirgi voronkangizni ko’rib chiqamiz — aniq action plan bilan chiqasiz.
