Parking24
Parkovka tizimlari (dasturiy va apparat yechim)
$1 000 → $150 000
150×Kompaniya ochilgan kunidan boshladik. Birinchi oyda sotuvchilar 3 ta yirik bitim yopdi.
Fact sheet
Vaziyat
Kompaniya endi ochilgan edi: marketing yo'q, mijoz yo'q. Founder aniq aytdi: «Menga sotuvga tayyor mijoz kerak, qolganini o'zimiz hal qilamiz.»
Bozorda shakllangan talab bor edi, lekin uni hech kim tizimli qamrab olmagandi. Bu bizga strategik ustunlik berdi.
Strategiya
Customer Journey Map ko'rsatdi: parkovka tizimi sotib oladigan odam — qurilish kompaniyasi, biznes-markaz egasi yoki turar-joy majmuasi boshqaruvchisi. Ular yechimni muammo paydo bo'lganda izlaydi — ya'ni talab allaqachon shakllangan.
Shuning uchun voronkada BOFU (sotuv bosqichi) ustuvor qilindi. Bo'sh bozorda tayyor talabni birinchi bo'lib qamrab olish kerak edi.
Ijro
- Ijtimoiy tarmoqlar identikasi va savdo taklifi (offer) noldan yaratildi
- 10 bosqichli filtr-forma qurildi — sotuv bo'limiga faqat maqsadli lead yetib bordi
- Meta va YouTube kampaniyalari ishga tushirildi
- Sotuv bo'limi bilan kunlik sinxronizatsiya — lead sifati bo'yicha feedback loop
Natijalar
Mijoz fikri
“1 yil boshqa loyihada ishlab, bu loyihani ham ishonib topshirdik.”
Xulosa
Bo'sh bozorda tezlik hal qiladi — lekin tezlik faqat sifat bilan birga ishlaydi.
Agar arzon lead quvsak, sotuv bo'limi cho'kib qolardi. 10 savolli filtr aynan shuni oldini oldi: CPL $10 bo'ldi (bozor o'rtachasidan qimmat), lekin 90% lead sotuvga tayyor edi. Sotuv bo'limining vaqti leaddan qimmat.
Video
Sizning loyihangizda ham shunday qilamiz.
30 daqiqada hozirgi voronkangizni ko’rib chiqamiz — aniq action plan bilan chiqasiz.
