Aloqa
Loyihangizni tahlil qilamiz
8 savol · ~2 daqiqa · 24 soatda javob
Imzo-metod · jonli namoyish
1 / 9
Kompaniyangiz qaysi sohada ishlaydi?
Instagram’da yozing — ish vaqtida tez javob beramiz.
Savol-javob
Ko’p so’raladigan savollar
To'g'ri savol «qancha turadi?» emas — «qancha qaytaradi?». Parking24: $1 200 sarf → $150 000 sotuv (125×). Celion: $2 378 → $186 000 (78×). Solishtiring: Tuzuk AI mijozimiz bizgacha o'zi $6 000 sarflab 0 sotuv olgan. Arzon marketing — eng qimmat marketing: natijasiz sarflangan pul.
Chunki tizim bosqichma-bosqich quriladi: Prelaunch ~15 kun, Launch 1–2 oy, keyin Scale — natija aynan Scale bosqichida ko'payadi. B2B-da o'rtacha bitim sikli 4 oy (Celion keysi). «Bir haftada natija» va'da qilgan agentlik sizga raqam emas, umid sotayapti.
Bu bizning hozirgi hamkorlik shartimiz — tizim shu darajadagi oqimda o'zini to'liq oqlaydi. G'oya yoki MVP bosqichidagi startaplar uchun alohida yo'l bor: Startap-test — talabni ~$1 000 test budjeti bilan tekshiramiz (Nasiya365: 12 sotuv mahsulotsiz; MySchool: 22 sotuv).
Yo'q — va buni ochiq aytamiz. Biz sotuv bo'limingizga sotuvga tayyor mijoz (MQL) va belgilangan uchrashuvlar yetkazamiz; bitimni sizning sotuvchilaringiz yopadi. Sotuv bo'limingiz bo'lmasa — uni xizmat sifatida quramiz (CRM, skript, SOP, hiring), lekin boshqarish kompaniyaning o'zida qoladi. Foizga ishlamaymiz.
Chunki murakkab mahsulotni sotish uchun uning tilini bilish kerak. ERP yoki AI yechimni umumiy agentlik chiroyli qilib ko'rsatadi, lekin sota olmaydi. Founder yirik IT kompaniyada marketolog bo'lib ishlagan — bu soha bizga ichkaridan tanish. Boshqa sohalarga «ha» demaymiz.
Butun zanjirni: naming → brending → pricing → pozitsiyalash → SMM → performance → savdo voronkasi → CRM → sotuv bo'limi. 8 bosqichli Go-to-Market tizimi. Bozorda agentliklar bu zanjirning bitta bo'g'inini qiladi — qolgani sizning ishingiz bo'lib qoladi. Bizda butun zanjir uchun bitta javobgar.
Biz «ko'rinish», «qamrov» yoki «obunachi» bilan hisobot bermaymiz. Kafolatimiz — Marketing Qualified Lead va belgilangan uchrashuvlar. Agar lead sifati kelishilgan mezonga tushmasa — sababini topib, voronkani qayta sozlaymiz.
Prelaunch bosqichida ~15 kunda tizim ishga tayyor bo'ladi. Birinchi MQL oqimi — Launch bosqichida, 1–2 oy ichida. Eng tez natija — 10 kunda (Tuzuk AI), lekin bu istisno: B2B-da o'rtacha bitim sikli 4 oy. Sizga ikkala raqamni ham aytamiz — faqat chiroylisini emas.
O'zbek, rus va ingliz. Xalqaro tajriba raqamda isbotlangan: Celion uchun Dubay, Buyuk Britaniya, AQSh va Qozog'iston bozorlarida 460 lead, eng katta bitim — Dubayda $186 000.
Har kuni aloqadamiz: Telegram guruh, ichki ilova va offline uchrashuvlar. Hisobot faqat biznes raqamlarida: CPL, MQL, CAC, ROI — kunlik va oylik kesimda. Har bir raqam ortida reklama kabineti skrinshoti turadi.
