LinkedIn reklama O'zbekistonda hamma uchun emas. U xalqaro bozorga chiqayotgan IT kompaniyalar, investor va yirik kompaniya rahbarlarini nishonga olayotganlar uchun eng aniq kanal.
Mahalliy kichik biznesga mahsulot sotsangiz, ular LinkedIn'da kam. Ammo Dubaydagi kompaniya direktori yoki Londondagi CTO — aynan LinkedIn'da.
Qisqacha:
- LinkedIn — xalqaro B2B, IT, investorlar uchun.
- Avval kuchli kompaniya sahifasi va kontent.
- Reklama — kontent ustiga qo'yiladi.
LinkedIn kimga mos?
- IT outsourcing va buyurtma dasturlash — xorijiy mijoz topish uchun.
- Investitsiya izlayotgan startaplar — investorlarga ko'rinish uchun.
- Yirik B2B — kompaniya rahbarlari va qaror qabul qiluvchilarga.
AURA'ning o'z targetingida ham Meta va LinkedIn'da aynan shunday auditoriya bor: angel investorlar, yirik IT kompaniyalar rahbarlari va investitsiya olgan startaplar.
Xalqaro keysda LinkedIn qanday ishlagan?
Bitta IT outsourcing va Odoo kompaniyasi mijozimiz bilan AQSH, Buyuk Britaniya, Qozog'iston va Dubay bozoriga chiqdik. Ish brendingdan boshlandi, keyin SMM, SEO, SEM va YouTube. Brend marketing orqali LinkedIn'da 1,206 va Instagram'da 540 maqsadli obunachi yig'ildi.
$2,378 reklama va 35 ta kampaniya 460 lid berdi. Dubayda $186,000, Qozog'istonda $82,000 lik shartnomalar imzolandi. Xalqaro mijoz uchun LinkedIn sahifasi — "bu kompaniya haqiqiymi?" degan savolga birinchi javob.
LinkedIn'da nimadan boshlash kerak?
- Kompaniya sahifasi — aniq tavsif, keyslar, jamoa.
- Asoschining shaxsiy profili — LinkedIn'da odamlar kompaniyadan ko'ra odamga ishonadi.
- Kontent — keyslar, maqolalar, sohaviy fikrlar.
- Reklama — kontent va sahifa tayyor bo'lgach.
LinkedIn article funksiyasi orqali saytdagi maqolalarni ham joylash mumkin — bu ekspertlikni ko'rsatadi.
Juda ko'pchilik qayerda xato qiladi?
Xato — bo'sh sahifa bilan reklama yoqish. Odam reklamani bosadi, sahifada 3 ta post va eski logotipni ko'radi — ishonch yo'qoladi.
Aslida to'g'ri yo'l — avval qadoq va kontent, keyin reklama. Xalqaro mijoz uzoqdan qaraydi, u ko'radigan hamma narsa — sizning qadog'ingiz.
Xulosa
Xullas, LinkedIn — xalqaro va yuqori chekli B2B uchun kanal.
- Kompaniya va asoschi profilini tayyorlang.
- Muntazam keys va ekspert kontent chiqaring.
- Reklamani kontent ustiga qo'ying.
- Bozorlar va takliflarni alohida test qiling.
Xalqaro bozorga chiqish strategiyasini tuzamiz — konsultatsiyaga yozilish.
Muallif haqida. Safarmurod Abduroziqov — AURA Digital asoschisi va rahbari. 6 yillik marketing tajribasi, 50+ IT loyiha, ~$1 mln boshqarilgan reklama budjeti. Telegram · LinkedIn
Ko'p beriladigan savollar
LinkedIn reklama O'zbekistonda ishlaydimi?
Xalqaro bozor, IT outsourcing va investorlar uchun ha. Mahalliy kichik biznesga sotishda Meta va Telegram samaraliroq bo'lishi mumkin.
LinkedIn'da nimadan boshlash kerak?
Kompaniya sahifasi, asoschi profili va muntazam kontentdan. Reklama ular tayyor bo'lgach qo'yiladi.
LinkedIn orqali xorijiy mijoz topsa bo'ladimi?
Ha. Bitta IT outsourcing keysimizda brend, kontent va 35 ta kampaniya 4 davlatdan 460 lid bergan.
Shaxsiy profil kerakmi yoki kompaniya sahifasi yetarlimi?
Ikkalasi ham kerak. LinkedIn'da odamlar kompaniyadan ko'ra asoschi va ekspertlarga ko'proq ishonadi.
