$2,378 reklama bilan 4 davlatdan 460 lid va $186,000 lik shartnoma: Celion keysi
IT outsourcing va Odoo ERP
$2 378 lik reklama → bitta sotuv $186 000
78×O'zbek IT kompaniyasi xalqaro mijozlarni qanday topadi? Celion keysida $2,378 reklama va 35 ta kampaniya AQSH, Buyuk Britaniya, Qozog'iston va Dubaydan 460 ta lid olib keldi. Shu lidlardan Dubayda $186,000, Qozog'istonda $82,000 lik shartnomalar imzolandi.
Video
460 ta, 4 davlatdan
Lidlar
$186,000
Dubay shartnomasi
$82,000
Qozog'iston shartnomasi
Fact sheet
Vaziyat
Celion — IT outsourcing va Odoo kompaniyasi — $2,378 reklama va 35 ta kampaniya bilan AQSH, Buyuk Britaniya, Qozog'iston va Dubaydan 460 ta lid oldi. Shu lidlardan birgina Dubay shartnomasi $186,000 bo'ldi. Quyida xalqaro B2B lid olish uchun qurilgan tizimni ko'rsatamiz.
Celion — B2B segmentda yuqori chekli xizmatlar sotadigan IT kompaniya: Odoo ERP, AI agentlar, Power BI, kiberxavfsizlik auditi, buyurtma asosida dasturlash. Asoschisi — Nazrullo Nutulov.
Xalqaro bozordan IT outsourcing buyurtmalari olish va Odoo sotuvlarini oshirish. Xalqaro mijoz sizni ko'rmagan — uning qarori brend, sayt, kontent va birinchi suhbat sifatiga bog'liq. Shuning uchun faqat reklama yetarli emas edi.
Ijro
- Brending — To'liq brandbook: xalqaro mijozga ishonchli texnologik hamkor bo'lib ko'rinadigan vizual va pozitsiya.
- Ko'rinish — SMM, SEO va SEM, YouTube marketing — mijoz qayerdan qidirsa ham kompaniyani topishi uchun. Brend marketing orqali Instagram'da 540, LinkedIn'da 1,206 maqsadli obunachi yig'ildi.
- 35 ta kampaniya — To'rt bozor — to'rt xil mijoz. Bozor, segment va taklif bo'yicha testlar; natija bergan kampaniyaga budjet ko'chirildi.
- Sotuv bo'limi — Lidni shartnomagacha olib boradigan jarayon qurildi.
Natijalar
Xulosa
Faqat ikkita xalqaro shartnoma — $268,000, ya'ni butun reklama budjetidan 100 barobardan ko'p. Umumiy konversiya va boshqa sotuvlar mijoz tomonidan oshkor qilinmagan.
Bu yondashuv kimlarga mos? Bu yondashuv IT outsourcing, ERP integratsiya va buyurtma asosida dasturlash xizmatlarini xorijga sotmoqchi bo'lgan kompaniyalarga mos. Shart — avval brend, sayt va sotuv bo'limini xalqaro darajaga olib chiqish.
1. Reklama — oxirgi qadam. Avval brend, kontent va sotuv bo'limi.
2. Bozorlarni test qiling. 35 ta kampaniya eng yaxshi taklifni topishga yordam berdi.
3. Bitta to'g'ri mijoz butun budjetni qoplaydi. Dubay shartnomasi reklamadan 78 barobar ko'p.
Muallif haqida. Safarmurod Abduroziqov — AURA Digital asoschisi va rahbari. 6 yillik marketing tajribasi, 50+ IT loyiha, ~$1 mln boshqarilgan reklama budjeti. Telegram · LinkedIn
Savol-javob
Celion'ga qaysi davlatlardan lid keldi?
AQSH, Buyuk Britaniya, Qozog'iston va Dubaydan — jami 460 ta.
Eng katta shartnoma qancha bo'ldi?
Dubaydagi mijoz bilan $186,000. Qozog'istondagi shartnoma — $82,000.
Qanday xizmatlar ko'rsatildi?
Brending, SMM, performance marketing, SEO, SEM, YouTube marketing va sotuv bo'limini qurish.
Sizga mos keladimi?
Voronkangizni 1 kunda tahlil qilamiz.
