Target yongach 1 hafta ichida lid va 3 ta sotuv: Devosoft keysi
Odoo ERP integratsiyasi · B2B
42 lid → 5 uchrashuv → 3 ta sotuv
Yangi ERP integrator bozorga kirganda birinchi sotuvni qancha vaqtda olishi mumkin? Devosoft keysida target 15-sentabrda yondi, 1 hafta o'tmay lidlar kela boshladi va birinchi shartnomalar imzolandi: 42 ta lid, 5 ta uchrashuv, 3 ta sotuv.
Jarayonda · 202642
Lidlar
5 (shundan 3 tasi Buxoroda oflayn)
Uchrashuv bo'ldi
3 (shundan 2 tasi — audit xizmati)
Sotuvlar
Fact sheet
Vaziyat
Devosoft — B2B bizneslar uchun biznesni tizimlashtirish bilan shug'ullanadigan va Odoo ERP integratsiyasini qilib beradigan IT kompaniya. Kompaniya korxonalarning savdo, ombor, moliya va boshqaruv jarayonlarini bitta tizimga olib o'tadi. Devosoft bozorga yaqinda kirib kelmoqda.
Bozorga yangi chiqayotgan integrator uchun eng qiyin narsa — birinchi mijozlar. Tadbirkor ERP'ga $10,000 va undan ko'p pul to'lashdan oldin kompaniyani tanishi, ishonishi va natijalarini ko'rishi kerak. Yangi kompaniyada esa hali na keng tanilgan brend, na lid oqimi bor.
Vazifa aniq edi: 3 oylik shartnoma doirasida brendni tayyorlash, lid oqimini yo'lga qo'yish va birinchi sotuvlarni olish.
Ijro
- Pre-launch (15-avgustdan) — Target yoqishdan oldin bir oy tayyorgarlik: brend va kommunikatsiyani tayyorlash, taklif, voronka va kontent.
- Target reklama (15-sentabrdan) — Tayyor voronkaga trafik yo'naltirildi. 1 hafta o'tmay birinchi lidlar kela boshladi.
- Har bir lid bilan ishlash — 42 ta lidning hammasiga qo'ng'iroq qilindi. Qo'ng'iroqdan maqsad — telefonda sotish emas, uchrashuv va audit belgilash.
- Oflayn uchrashuvlar — Uchrashuvlarning 3 tasi Buxoroda oflayn o'tkazildi — ERP kabi mahsulotda yuzma-yuz suhbat ishonchni tez quradi.
Natijalar
Xulosa
Tushunishingiz uchun: target yonganidan 1 hafta o'tmay lid keldi va birinchi oyning o'zida shartnomalar imzolandi. 22 ta lid hali muzokara bosqichida — ya'ni voronkada keyingi sotuvlar uchun zaxira bor. Loyiha davom etmoqda, keys yangi natijalar bilan yangilanib boradi.
Bu yondashuv kimlarga mos? Bozorga endi kirayotgan ERP integratorlari, IT xizmat kompaniyalari va B2B SaaS mahsulotlariga mos. Ayniqsa hali tanilmagan, lekin tez birinchi mijozlar kerak bo'lgan kompaniyalarga: pre-launch'da tayyorlanish, keyin target va har bir lid bilan intizomli ishlash.
1. Pre-launch — yarim natija. Bir oylik tayyorgarlik targetni yoqqan zahoti lid keltirdi.
2. Har bir lidga qo'ng'iroq. 42 tadan 42 tasi — bitta ham lid yo'qolmadi.
3. ERP'ni oflayn uchrashuv sotadi. Uchrashuvlarning ko'pchiligi yuzma-yuz o'tdi va shartnomaga olib keldi.
Savol-javob
Devosoft qanday kompaniya?
B2B bizneslar uchun biznesni tizimlashtirish va Odoo ERP integratsiyasi bilan shug'ullanadigan IT kompaniya. Bozorga yaqinda kirib kelgan.
Birinchi lidlar qancha vaqtda keldi?
Target 15-sentabrda yondi va 1 hafta o'tmay lidlar kela boshladi.
Qancha sotuv bo'ldi?
3 ta sotuv, shundan 2 tasi — audit xizmati. Yana 22 ta lid muzokara bosqichida.
Hamkorlik qanday formatda?
3 oylik shartnoma: 15-avgustdan pre-launch, 15-sentabrdan faol target va lidgeneratsiya.
Sizning loyihangizda ham shunday qilamiz.
1 kunda hozirgi voronkangizni audit qilib aniq action plan beramiz.
