Texnik to'xtashdan 10 kunda 1000+ o'rnatishgacha: Onlayn Hamshira qanday qaytadan ishga tushdi
HealthTech (mobil ilova, tibbiy xizmatlar)
10 kunda 1 000+ o'rnatish
Texnik muammo loyihani to'xtatdi — lekin biz tashlab ketmadik. Ilova yangilangach, 10 kunda 1 000ga yaqin o'rnatish.
Video
10 kunda ~1 000 ta o'rnatish
Qayta ishga tushirilgandan keyin
$0.33
Eng arzon install narxi
Fact sheet
Vaziyat
Onlayn Hamshira — mobil ilova orqali tibbiy xizmatlarni foydalanuvchilarga qulay tarzda taqdim etuvchi HealthTech loyihasi.
Hamkorlikning birinchi bosqichida SMM, Performance Marketing va App Promotion ishlari yo'lga qo'yildi, shu bilan birga yangi marketing voronkasi ishlab chiqilib test qilindi.
Strategiya
Birinchi oy yakunida sezilarli natija ko'rinmadi. Lekin o'tkazilgan testlar orqali foydalanuvchi harakati, reklama samaradorligi va voronka bo'yicha muhim ma'lumotlar yig'ildi.
Tahlil shuni ko'rsatdiki, muammo marketingda emas edi — mobil ilova texnik jihatdan hali to'liq tayyor emas edi. Shu sababli loyiha vaqtincha to'xtatildi.
Ijro
- To'xtash va tahlil — Texnik jamoa ilovani takomillashtirguncha kampaniya vaqtincha to'xtatildi — ishonchli diagnostikadan keyingina davom etildi.
- Qayta ishga tushirish — Ilova yangilangach, marketing voronkalari optimallashtirildi va yangi kreativlar bilan App Promotion kampaniyasi qayta ishga tushirildi.
Natijalar
Xulosa
Ilova dasturchilar tomonidan o'z vaqtida tayyor bo'lmagani loyihani deyarli barbod qilishi mumkin edi. Ammo biz loyihani tashlab ketmadik — o'z mablag'imiz hisobidan yangi kreativlar tayyorlab, yangilangan ilova bilan qayta ishga tushirdik.
Natija o'zini oqladi: 10 kunda deyarli 1 000 ta o'rnatish, eng arzon install esa atigi $0.33 ga tushdi.
Sizga mos keladimi?
Voronkangizni 1 kunda tahlil qilamiz.
