Landing (qo'nish sahifasi) — foydalanuvchini bitta aniq harakatga olib boradigan maxsus sahifa. Oddiy veb-sahifadan farqi: unda ortiqcha menyu, chalg'ituvchi havolalar yo'q — butun tuzilma bitta maqsadga (masalan ariza qoldirish) xizmat qiladi.
Yaxshi landing tuzilishi odatda shunday: kuchli sarlavha (value proposition), muammo va yechim, ijtimoiy isbot (keyslar, otzivlar), offer va aniq CTA. Har bir blok e'tirozni yechib, keyingi qadamga yaqinlashtiradi.
Landing konversiyasi
Landing samaradorligi konversiya bilan o'lchanadi. Uni sahifa tezligi, sarlavha aniqligi, ishonch signallari va formaning soddaligi belgilaydi. Konversiyani A/B testlar orqali bosqichma-bosqich oshiriladi.
