Sotuv sikli — mijoz birinchi marta siz bilan bog'langanidan to bitim yopilgunga qadar o'tadigan o'rtacha muddat. Oddiy mahsulotda u kunlar, murakkab B2B'da esa 2-6 oy yoki undan ko'p bo'lishi mumkin.
Sotuv siklini bilish rejalashtirish uchun zarur: u pipeline bashoratini, byudjet kutilmasini va marketing bosimini belgilaydi. Uni qisqartirishning yo'li — ishonchni oldindan qurish (kontent, VSL), shunda mijoz «tayyor» holda keladi.
