0.14$ dan lead! UIC IT Academy uchun ajoyib creative qildik va natijada har bir leadni 0.14$ dan oldik. Creative uchun «Amerika ochmadik» — shunchaki bor imkoniyatdan to'g'ri foydalandik.
Grant asosidagi taklif
«Yoshlar ishlari agentligi»ning «Kelajak kasblari» loyihasi doirasidagi grant asosida video oldik va Akademyda grant asosida o'qish taklifini berdik. Savol tug'ulishi mumkin: grant asosida o'qish bo'lsa, kompaniyaga qanaqa foyda?
Javob oddiy: o'quvchilar uchun to'lovni «YIA» amalga oshiradi. Iste'molchi va pul to'laydigan boshqa-boshqa bo'lsa ham, iste'molchida ehtiyoj yaratilsa va u to'lovchi qismga bog'lanib, o'zi uchun yaratilgan imkoniyatdan foydalanayotgan bo'lsa — bu ishlaydi.
Natija
0.14$ dan 422 ta lead 61$ evaziga olindi. Sotuv bo'limi hali leadlarni tugatgani yo'q, ammo 1-guruh shakllantirilib, o'qish boshlandi. Xullas, 1 ta bola sotib olgan taqdirda ham reklamaga tikilgan pul o'zini oqlar edi.
Bu — SMM'ga endi kirib kelgan va o'quv markazi bilan ishlaydigan mutaxassislar uchun natijaga olib chiqadigan usul: bor imkoniyatni to'g'ri ishlating.
