1000$ to'g'ri sarflangan reklama byudjeti bilan ~50.000$ sotuv qilish mumkin. Jarayonni qiyinlashtirmang — startap bo'lsangiz, sizga hozircha branding kerak emas. Qilinishi kerak bo'lgan ishlar aniq: shularni qiling va loyihaga «financial qon» olib keling.
Misol sifatida web-sayt ishlab chiqadigan kompaniyani olamiz va rejani 4 bosqichga bo'lamiz.
1. Muammoni aniqlang — qanaqa «kasallik» bor?
Avval o'z yo'nalishingizda qanaqa muammoni ko'rayotganingizni aniqlang. Ya'ni qanaqa «kasallik» bor va siz unga qanaqa «dori» taklif qila olasiz? Web-sayt misolida muammolar: shablon saytlar; aniq maqsadsiz ishlangan ishlar; sotuv konversiyasi past; dizayn qoidalariga ko'ra copywriting qilinmagan va hokazo.
2. Yechimni «dori» kabi tayyorlang
Har muammoga aniq yechim ishlab chiqing va boshida 1-«dozasini» tekinga bering. Web-sayt misolida yechim: individual dizayn; har niche'ga mos sayt; kuchli UX/UI; sotuv konversiyasini ko'taradigan copywriting; deadline va tezlik; va eng muhimi — olib kelingan foydani raqamlarda ko'rsatish (buyurtmalarni CRM/ERP orqali nazorat qilib). Shunchaki chiroyli saytning o'zini emas, qo'shimchasiga kichik bepul CRM tizimini ham bering.
3. Offer va kontent paketi
Qanaqa muammoga yechim berganingizni ko'rsatadigan 4 xil senariy asosida video tayyorlang: (1) mijozga sayt orqali qancha online sotuv imkonini berdik; (2) mijoz feedbacki; (3) nega umuman sayt kerak (qanaqa foyda keltiradi); (4) asosiy offer — «7 kun ichida individual dizayn asosida sayt ishlab chiqamiz va to'g'ri marketing bilan sotuvingizni n martaga oshirishni kafolatlaymiz».
Ijtimoiy tarmoqda qilingan ishlar haqida 6–9 ta post joylang — grafik post ham yetadi. Maqsad: mijoz sizni tekshirganda «kimsan?» degan savolga aniq javob topsin.
4. Sotuv — raqamlarda
Videolarga target yoqasiz: reklama → sizning sotuvchi saytingiz. Sayt orqali ~200 lead olasiz, ularning ~150 tasi bilan aniq uchrashuv bo'ladi. 1 oy ichida o'rtacha 30% konversiyada ~45 sotuv yopiladi. O'rtacha chek 1.000$ bo'lsa ham: 45 × 1.000$ = 45.000$.
Bitta shart: mijoz oldiga borganda «go'shtli» taqdimot va offer bilan boring — taqdimotsiz borgandan ko'ra ancha yaxshi.
Xulosa
Butun rejaning siri — branding yoki katta byudjet emas, aniq ketma-ketlik: muammoni top, yechimni «dori» qilib tayyorla, offer va kontent bilan ishonch qur, keyin target orqali sotuvga olib chiq. 1000$ — bu «reklama puli» emas, to'g'ri qurilgan voronkaning yoqilg'isi.
