Reklamaga taxminan $70 sarflab, $20.000 lik IT xizmat sotuvini amalga oshirdik. Bu «sehr» emas — jarayon strategik va bosqichma-bosqich qurilgan. Quyida uni ochib beraman.
VSL — offerni aniq yetkazadigan video
Birinchi qadam — VSL (Video Sales Letter), ya'ni offerni aniq va ishonarli yetkazadigan sotuvchi video. Keyin shu VSL'ga trafik olib keladigan target kreativlarni tayyorladik: maqsad — qiziqqan odamni videoning o'ziga olib kelish.
Qiziqqanni bepul konsultatsiyaga olib o'tish
Videoni ko'rib qiziqish bildirgan odamlarga bepul konsultatsiya taklif qildik. Onlayn konsultatsiyada mijozning ehtiyojini aniqlab, unga moslashtirilgan yechim taqdim etdik — bu «tayyor mahsulotni tiqishtirish» emas, mijozning muammosidan kelib chiqib gaplashish.
Oflayn uchrashuv va sotuv
So'ng ishonchni mustahkamlash va tafsilotlarni yakunlash uchun oflayn uchrashuv o'tkazdik. Kelishuvga erishilgach, sotuv muvaffaqiyatli yopildi.
Biz doim aytamiz: marketing eng yaxshi natijani jarayon o'ylangan va insonga yo'naltirilgan bo'lganda beradi. $70 — bu shunchaki reklama puli emas, to'g'ri qurilgan jarayonning kirish nuqtasi.
