0.50$ lik lead bilan 50$ lik leadning nima farqi bor? Ko'pchilik «arzoni yaxshi» deb o'ylaydi. Aslida farq narxda emas, kim kelishida.
0.50$ ga odatda 1.500$ gacha xizmat/mahsulot oladigan leadlar tushadi. 50$ ga esa aniq $50.000+ oylik aylanmasi bor va 5.000$ ga xizmat oladigan leadlar. Ikkisi butunlay boshqa o'yin.
Performance'ning negizi — sotuv, lead emas
Performance marketingda eng asosiy negiz — bu sotuv, lead soni emas. B2B'da performance qilayotganda «musor» leadlarni olib, ular bilan ishlashni yoqtirmasangiz — va sizga lead narxi emas, CAC (mijoz jalb qilish narxi) qiziq bo'lsa — to'g'ri CJM (mijoz yo'li xaritasi) qurishingiz kerak.
Achinarlisi: marketolog va biznes egalarining aksariyati CAC'ni hisoblashni bilmaydi. Ular faqat lead narxiga qaraydi va shu bilan o'zini aldaydi — chunki past lead narxi ko'pincha yashirin, baland CAC'ni bekitadi.
Arzon voronka har doim to'g'ri emas
B2C yo'nalishida oyiga 30k gacha lead olib ishlaganman — u yerda asosiy fokus ko'p lead olib, ularni qayta ishlash edi (mahsulot narxi 200$–1500$). Bunday holatda arzon, ommaviy lead to'g'ri ishlaydi.
Lekin agar siz 5.000$ dan yuqori chekdagi B2B mahsulot/xizmat bilan ishlasangiz — hammaga yoqadigan target va 15–20 sekundlik creative ish bermaydi. Bunday mahsulot uchun o'ziga yarasha CJM, o'ziga yarasha offer va o'ziga yarasha performance kerak.
Qimmat, ammo sotib oladigan lead
So'nggi oylarda IT kompaniyalarga o'rtacha 5.000$ va undan yuqori xizmat/mahsulot olishga tayyor leadlarni olib kelib bermoqdamiz — orasida 30–40k ga xizmat olganlar ham bor. To'g'ri yondashuv bilan bularni bemalol sotish mumkin.
Xulosa: B2B'da ham Instagram orqali sotish mumkin, 50$ lead narxi tabiiy holat. Mijozlaringizga «arzonga lead olib beraman» deb emas, «qimmat, ammo sotib olishga tayyor mijoz olib beraman» deb offer bering. Va eng muhimi — aytgan gapingizni isbotlab, qilib bering.
