20 ga yaqin startap bilan ishlab, ularga bozorda yashab qolishning ikki muhim tamoyilini tushunishlarida yordam berdik.
1. Avval soting, keyin mahsulotni to'ldiring
«Product zo'r bo'lsin, keyin sotaman» emas — avval soting, keyin mijozlarning xohishlari asosida productga qo'shimchalar qiling. Yaqinda bir startap egasi «sotishni boshlaganimdan keyin o'zimni haqiqiy startuperdek his qildim» dedi.
Ularga taxminan 9 oy oldin «sotuvni boshlang» deb content olib target yoqib bergandim. Orada productda pivotlar bo'ldi. Hozir yana active lead generation va sales bilan shug'ullanishmoqda — sotuvchi ham ishga olib, asosiy fokusni sotuvga va mijoz xohishlariga qaratishgan. MYSCHOOLUZ ham xuddi shunday: boshida 2–3 mijozga sotildi, mijoz og'riqlaridan kelib chiqib product to'liq tayyorlandi, so'ng qayta lead generation boshlandi.
2. Yo'q productni ham sotish (sinash) mumkin
G'alati eshitilishi mumkin, ammo xalqaro bozorda startaplar dunyoga kelishidan oldin uni bozorga testlashadi. Bizda 10 dan ortiq shunaqa product testlangan va odamlar rostdan pul to'lab, oldindan wish listga qo'shilgani bor.
Bu — talabni pul bilan tekshirish: mahsulot chiqmasidan turib odam unga to'lasa, demak talab bor. Bu usul sarmoyani himoyalaydi.
Xulosa
Ikkala tamoyilning umumiy mohiyati bitta: mahsulotni oxirigacha «mukammal» qilib o'tirmang. Avval soting yoki hech bo'lmasa talabni pul bilan tekshiring, keyin mijoz og'rig'idan kelib chiqib quring. Shunda startap bozorda yashab qoladi.
