Hakaton bo'yicha navbatdagi keys: bunda ham 150 ga yaqin ishtirokchi. Amon Olimov bilan Odoo bo'yicha hakaton tashkil qildik — bu aynan IT bo'yicha 5-keysimiz, hakaton va offline seminarlar formatida.
Har tadbirda 100+ ishtirokchi
Alhamdulillah, har bir seminar va hakatonimizda 100 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan. Bu — tasodif emas, event marketingning tizimli natijasi: to'g'ri auditoriyani yig'ish, qiziqish uyg'otish va ularni tadbirga olib kelish.
Eng qizig'i — ishtirok darajasi
Bu safargi hakatonning 2-kuni 1-kuniga nisbatan anchagina qizg'in bo'ldi: 2-kunda 43 ta jamoa faol ishtirok etdi, PITCH jarayoni 3 soatdan ortiq davom etdi.
Event marketingda muhimi shunchaki odam yig'ish emas — ularni faol, qiziqqan holatga keltirish. Aynan shu ishtirok darajasi tadbirni natijaga aylantiradi.
