IT kurslari uchun lead narxi o'rtacha 1–1.5$ atrofida tushadi. Ammo biz bir tajriba qildik: creativeda kurs narxini ochiq yozib qo'ygan holda leadni 1.79$ dan oldik.
Qimmat narx — filtr, to'siq emas
Eng qizig'i: kurs narxi raqobatchilarnikidan 2 barobar qimmat edi — oyiga 4.8 mln so'm. Odatda «narxni yozsak, hech kim bosmaydi» deb qo'rqishadi. Aslida aksincha: narxni oldindan ko'rsatish leadni filtrlaydi — faqat to'lashga tayyor odam qoladi, qizig'i esa lead narxi baribir arzon chiqdi.
Xulosa
Qimmat mahsulot arzon lead bilan mos kelmaydi degan qoida har doim to'g'ri emas. To'g'ri creative va ochiq narx bilan qimmat mahsulotga ham arzon, sifatli lead olish mumkin. Narxni yashirmang — u sizga to'g'ri odamni olib keladi.
