AURA Digital
Asoschi minbari

IT o'quv markaz uchun USP: junior'dan middle'gacha 4 oyda

Safarmurod Abduroziqov

Safarmurod Abduroziqov

Founder & CEO, AURA Digital

·19-noyabr 2024·6 daqiqa o'qish

Bozorda yo'q offer bilan kiring. Cust-dev orqali aniqlangan muammo va «junior to middle 4 oyda» degan noyob taklif.

Barcha yozuvlar

IT o'quv-markaz ochmoqchi bo'lsangiz, bozorga noyob savdo taklifi (USP) bilan kiring. Hamma bir xil narsani taklif qiladigan bozorda faqat boshqacha taklif ajralib turadi.

Bozor holati va aniqlangan muammolar

Bozorda hamma bir xil narsani sotadi: bolalar uchun IT darslari, 0 dan junior'ga chiqish, o'qishni bitirib ishga kirish va hokazo. 1.5 yil oldin UIC IT Academy'ni bozorga olib chiqayotganimda Cust-dev qilgandim va quyidagi muammolarni aniqlagandim.

Turli o'quv markazlarini bitirganlar ko'p, ammo ishga kirishda ulardan portfolio so'rashadi — afsuski yetarli portfolio yo'q. Juniorlar bozorda to'lib ketgan, ularga talab tushib ketgan. «Juniordan middle'ga chiqish uzoq vaqt oladi» degan stereotip bor. Junior $300–500 maoshda qotib qoladi va soft skillar yetishmaydi.

Bozorda yo'q offer

Aynan shu muammolar ustiga bozorda yo'q offer qurdim: «Xalqaro tajriba asosida junior'dan middle'gacha 4 oy ichida». Bu offer bilan bozorga chiqdik. Sotuv bo'limi to'liq qo'llab-quvvatlanmagani sababli zo'r sotuv qila olmagan bo'lsak ham, 40+ o'quvchiga ta'lim berildi va offline seminarga 200 ga yaqin junior respublika bo'ylab keldi. Kuniga 100+ inson «muammolarim shular» deb qiziqish bildirdi.

Qanday qurish kerak

Agar yaxshi sotuv bo'limi qursangiz; imtihon asosida (0 holatdagi emas, junior levelda va kamida 1 yil tajribasi borlar) o'quvchi qabul qilsangiz; 4 oy davomida kuniga 8–9 soat real loyihada coding qildirsangiz va kuchli developerlarni mentor qilib qo'ysangiz — junior'ni middle qilish mumkin.

Bozorda hozircha bunday offer yo'q. MVP qilib ko'ring, 1 ta video bilan target yoqib sinang — natija beradi. Pricingni ko'rib chiqing va boshlang.

Marketingingizni birga ko'rib chiqamizmi?

30 daqiqada hozirgi voronkangizni ko'rib chiqamiz — aniq action plan bilan chiqasiz.

Bepul konsultatsiya
Bepul konsultatsiya