Marketing bu creative olish va target yoqish emas. Bu — eng ko'p tarqalgan tushunmovchilik: odamlar marketingni faqat reklama, ya'ni «chiroyli video + target» deb biladi.
Marketing aslida nima
Creative va target — marketingning eng oxirgi, ko'rinadigan qismi. Ular ostida esa katta tizim yotadi: kim uchun (ICP), qanday muammoni, qanday noyob taklif (offer) bilan yechasiz; qaysi kanal va voronka orqali; natijani qanday o'lchaysiz.
Shu tizim to'g'ri qurilmasa, eng chiroyli creative ham natija bermaydi. Aksincha, oddiy creative kuchli strategiya va offer ustida ajoyib ishlaydi.
Xulosa
Marketingni «creative + target»ga qisqartirsangiz, doim reklama byudjetini yoqib, natijani kutasiz. Marketing — sotuv bilan bitta tizim; creative esa shu tizimning shunchaki uchi.
