Odoo 2026 Tashkent Business Forum uchun marketing qilish va maqsadli auditoriyani yig'ish bizga ishonib topshirildi.
Nega bizga ishonib topshirildi
Asosiy sabablardan biri — Amon Olimov aka bilan 9 oy davomida ishlab, shu kabi 3 ta tadbirni muvaffaqiyatli o'tkazganimiz. Shuningdek, Deep Vision kompaniyasi bilan ishlashimiz davomida 9 oy ichida Gold Partner darajasiga chiqishda hissamiz borligi ham ishonchni mustahkamladi.
Ya'ni tadbirni bizga topshirish tasodifiy qaror emas — u oldingi real natijalar ustiga qurilgan ishonch.
Natija: reja 250, kelgan 350+
Tadbirga 250 kishi kelishini reja qilgandik. Natijada 350 dan ortiq odam qatnashdi va, eng muhimi, ularning 90% dan ortig'i aynan tadbirkorlar va biznes egalari edi.
Event marketingda muhimi son emas — sifat: qamrov emas, kelgan odamlarning aynan maqsadli auditoriya bo'lishi. Aynan shu tadbirni biznes natijaga aylantiradi.
