Ertalabdan buyon ikki inson bir xil feedback berdi: «Videongizni, podkastingizni ko'rdim, ajoyib ma'lumotlar ekan». Eng qizig'i — ulardan biri yangi ish boshlash arafasidagi mijozimiz. Shu o'rinda 2021 yil esimga tushdi.
150k ko'rish, lekin noto'g'ri pozitsiya
2021 yilda TikTok'da texno blog qilardim. Videolarim 150–200k ko'rishga erishib, turli kanallarda aylanardi. Lekin unda meni «telefonchi» sifatida eslashardi. Ishim marketing edi, ammo odamlar meni telefonchi deb taniyapti deb, shu bilan hammasini yig'ishtirganman.
1.5k ko'rish, lekin to'g'ri pozitsiya
Hozir videolarim 1.5k ko'rish olsa ham, o'sha 150k dan ko'ra ko'proq maza beryapti. Sabab — pozitsiya. Endi meni marketolog sifatida, kerakli auditoriya ko'ryapti; qamrov kichik, lekin to'g'ri odamlarga tegyapti.
Bu — pozitsiya va mashhurlik farqi. Mashhurlik ko'p ko'rish beradi, lekin noto'g'ri odamlarga; pozitsiya esa kam, ammo to'g'ri odamlarga tegadi va sotuvga aylanadi.
Xulosa
Marketingda maqsad — ko'p ko'rish emas, to'g'ri auditoriyada to'g'ri pozitsiya. 150k «bo'sh» ko'rishdan ko'ra, 1.5k «to'g'ri» ko'rish qimmatliroq. Qamrov emas, pozitsiya sotadi.
