$1.143 xarajat va 11 ta reklama creative. Bu yerda 1 post uchun $500, ba'zilari uchun $200, ayrimlari uchun $20–50 atrofida sarflangan. Nega bunday? Chunki 11 ta creative hammasi ham bir xil natija bermagan.
Test qiling va har birini analiz qiling
Birinchi o'rinda reklamalarni test qilib, har birining natijalarini analiz qilishingiz kerak. Har bir creative orqali sotuv qanday bo'layotganini aniqlang va qaysi biri zo'r ketayotgan bo'lsa — budgetni o'shanga yo'naltiring.
Aynan shu sabab bir creativega $500, boshqasiga $20 ketgan: pul natijaga qarab taqsimlanadi, «teng bo'linsin» degan mantiq bilan emas.
Eng muhimi — o'z voronkangizni topish
Eng muhim narsa — siz test qilib, o'zingiz uchun eng zo'r sotuv voronkasini topib olishingiz. Voronkani topgach, qancha summa tiksangiz ham bemalol natija olasiz.
Ya'ni reklama byudjetini oshirishdan oldin, avval ishlaydigan voronkani toping. Aks holda ko'p pul faqat tez zarar keltiradi.
