Bu — «biznesmenlarga» ochiq gap. Siz offer berishdan oldin, avvalo o'z farosatingiz bilan kelishib oling.
Riskni birovga tashlab qo'ymang
Hech qanday riskni bo'yningizga olmay, «unaqa qilsak zo'r bo'ladi, kel qilaylik, ish o'xshagach x% beraman» demang. Agar biznes qilishga tayyor bo'lsangiz — marketing agentligidan xizmatini sotib oling. Yoki bo'lmasa, riskning bir qismini o'z zimmangizga oling.
Comfort zone'dagi mijoz — leadga qiziqmaydi
Yaqinda 2–3 loyiha bilan ishladik. Hamkorlik taklif qilishdi, ammo biz olib kelib bergan leadlar ularga umuman qiziq bo'lmadi. Chunki ularda shundoq ham «kunim o'tsinga» savdosi bor, qorni to'q va comfort zonaga tushib qolgan.
Bunday hamkorlikda barcha riskni agentlik bo'yniga tashlab qo'yadi: siz mehnat qilasiz, natija ko'rsatasiz, ammo mijoz o'zi sotuv qilgisi kelmay o'tiradi. Oy oxirida esa «agentlik-da» chiqadi. Shunday loyihalar bilan biz 3 kundan oshiq ishlamadik.
Xulosa
Marketing — sehr emas, hamkorlik. Agentlik natija berishi uchun mijoz ham o'z tomonidan sotuvni qilishi va risknining bir qismini ko'tarishi kerak. Aks holda hech qanday lead yordam bermaydi.
