AURA Digital
Asoschi minbari

Marketingga endi kirsangiz — SEO'ni o'rganing

Safarmurod Abduroziqov

Safarmurod Abduroziqov

Founder & CEO, AURA Digital

·14-fevral 2026·4 daqiqa o'qish

O'zbekistonda kuchli SEO mutaxassis topish juda qiyin. 6–7 mutaxassis bilan gaplashdim — oddiy texnik sozlamalarni ham ko'rsatib berolmadi.

Barcha yozuvlar

Marketingga endi kirmoqchi bo'lsangiz, SEO'ni o'rganing — O'zbekistonda bu yo'nalishda kuchli mutaxassis topish juda qiyin. Bu esa siz uchun katta imkoniyat.

Bozordagi bo'shliq

So'nggi 6 oyda 6–7 ta SEO mutaxassis bilan ishlash masalasida gaplashdim, hattoki ba'zilariga so'ragan pulini berib ishni ham boshladik. Ammo oddiygina Google Tag Manager orqali mijoz xohlagan texnik sozlamalarni ham ko'rsatib bera olmaydi. Click Fraud, dekompozitsiya va keywordlar bo'yicha ROI hisoblash haqida gapirmasa ham bo'ladi.

Imkoniyat — aniq mutaxassis uchun

Agar haqiqatan SEO'ni yaxshi tushunadigan odam bo'lsangiz — aloqaga chiqing, loyihalar beraman. Faqat «bir necha mln $ boshqarganman» degan umumiy keyslar bilan emas, so'ralgan narsalarni aniq ko'rsatib bera olsangiz yozing. Bozorda mutaxassis kam bo'lgani uchun, real ko'nikma bor odam uchun bu — ochiq maydon.

Marketingingizni birga ko'rib chiqamizmi?

30 daqiqada hozirgi voronkangizni ko'rib chiqamiz — aniq action plan bilan chiqasiz.

Bepul konsultatsiya
Bepul konsultatsiya