AURA Digital
Asoschi minbari

Sotuv bo'limini KPI bilan qurish: raqamlar bilan boshqaring

Safarmurod Abduroziqov

Safarmurod Abduroziqov

Founder & CEO, AURA Digital

·18-noyabr 2024·6 daqiqa o'qish

14 sotuvchi bilan oyiga 400 sotuv. KPI FIX maoshdan yuqori bo'lsa samaradorlik oshadi — ish soati, konversiya va motivatsiyani nazorat qiling.

Barcha yozuvlar

1000 ta sotuv = $10.000. Bizning KPI mana shu. Muhim tamoyil: KPI qachonki FIX maoshdan ko'p bo'lsa, shundagina xodimning ishlash samaradorligi oshadi. Sotuv bo'limini to'g'ri kontrol qilib, to'g'ri shakllantirsangiz — natija keladi. 14 ta sotuv manageri bilan biz 1 oyda 400 ta sotuv qilgan edik.

KPI olib tashlanganda nima bo'ldi

Bir loyihada (VISAINFO) sotuv bo'yicha KPI olib tashlandi va biz sotuv bo'limiga aralashmadik. Oradan 1 oy o'tdi — o'sha oyda 4 ta ROP (sotuv boshlig'i) almashdi, 35–45 ta manager bilan 300+ sotuv amalga oshirildi, lekin tizim beqaror edi.

Sabab oddiy: raqamlar bilan ishlamaslik — xodimlarning ish soatlari, sotuv konversiyasi va motivatsiyasiga e'tibor bermaslik.

Yechim: ish soati va raqamlar nazorati

Ish soatlarini nazorat qiling va kun davomida necha soat ishlashini aniq belgilang. Masalan, 9 dan 6 gacha, 1 soat tushlikni chiqarsak — 8 soat ish; shundan kamida 4 soati telefonda gaplashishni shart qilib qo'ying. Va doimo o'lchang: 1 kunda nechta lead berildi va nechtasiga sotuv bo'ldi? 1 haftada? 1 oyda?

Yechim: sotuvchini to'g'ri motivatsiya qilish

Sotuvchiga motivatsiya berishning ikki qoidasi bor. Birinchisi — ishga olayotganda unga pul qanchalik zarurligiga e'tibor bering, lekin pul uchun qadriyatlarini buzmasligini ham inobatga oling. Ikkinchisi — uning muammosini aniqlab, shu bo'yicha maqsad qo'ying yoki yangi ehtiyoj hosil qiling.

Masalan: sotuvchiga oyiga $500 kerak. Fix'ni $300 qiling, KPI'ni $1000 qiling va $1000 KPI olish uchun aniq nima qilishi kerakligini roadmap qilib tuzib bering. Shunda u o'zi uchun ishlaydi.

Xulosa

Sotuv bo'limini «shunchaki odamlar yig'ib» emas, raqamlar bilan quriladi: aniq KPI, nazorat qilinadigan ish soatlari, o'lchanadigan konversiya va to'g'ri motivatsiya. Shunda kichik jamoa ham katta natija beradi. Bu — kurs emas, tajriba: oling, qo'llang va foydalaning.

Marketingingizni birga ko'rib chiqamizmi?

30 daqiqada hozirgi voronkangizni ko'rib chiqamiz — aniq action plan bilan chiqasiz.

Bepul konsultatsiya
Bepul konsultatsiya