AURA Digital
Asoschi minbari

Startapga $100.000 sarflab kuyib qolmaslik: g'oyani sinash

Safarmurod Abduroziqov

Safarmurod Abduroziqov

Founder & CEO, AURA Digital

·6-may 2025·5 daqiqa o'qish

Startap kimningdir muammosiga yechim bergani — bu hammaga kerak degani emas. Sarflashdan oldin marketolog bilan yoki cust-dev orqali tekshiring.

Barcha yozuvlar

Startapga yuz minglab dollar sarflab kuyib qolmaslik uchun albatta bir ishni qiling: g'oyani oldindan sinang.

Asosiy tuzoq

Startap shunchaki kimningdir muammosiga yechim bergani — bu bozorda hammaga kerak degani emas. Aynan shu yerda ko'p asoschi adashadi: o'z g'oyasiga oshiq bo'lib, uni hamma xohlaydi deb o'ylaydi.

Shuning uchun startap qilishdan oldin loyihaning to'liq texnik topshirig'i, ideologiyasi va qanday yechim berishini prezentatsiya ko'rinishiga keltiring. So'ng kuchli marketolog, biznes konsultant yoki analitik bilan maslahatlashing.

Eng to'g'ri yechim

Eng to'g'ri yo'l — biror marketolog bilan suhbatlashib, loyihani to'liq tushuntirish va bozorni analiz qilib berishini so'rash. U tashqi, xolis nigoh bilan g'oyaning bozorga mosligini baholaydi.

Imkon bo'lmasa — cust-dev qiling

Agar bunday imkon bo'lmasa, auditoriyani o'zingiz cust-dev qiling: kamida 20 ta, aynan «siz auditoriyangiz» deb hisoblayotgan inson bilan maxsus suhbat o'tkazing. Ular muammoni qanday his qiladi, hozir uni qanday yechyapti va sizning yechimingizga pul to'laydimi — shuni aniqlang.

Har holda, bir necha yuz ming dollarni fonddan yoki davlat byudjetidan olib, keyin fail qilgandan ko'ra oldindan tekshirgan yaxshiroq. Pul o'zingizniki bo'lsa ham — bu risklarni sezilarli kamaytiradi.

Marketingingizni birga ko'rib chiqamizmi?

30 daqiqada hozirgi voronkangizni ko'rib chiqamiz — aniq action plan bilan chiqasiz.

Bepul konsultatsiya
Bepul konsultatsiya