AURA Digital
EVENT · PR

Event marketing va PR

Event Marketing & PR

Tadbir va PR orqali kompaniyani tanitish.

Muammo

B2B-da faqat onlayn reklama bilan cheklanib qolish yetarli bo'lmasligi mumkin. Kompaniya mijozlar va hamkorlar bilan bevosita ishlashi, o'zini ko'rsatishi kerak.

Seminar, tadbir, hackathon va boshqa eventlarni tashkil qilish yoki ularda kompaniya nomidan qatnashishni yo'lga qo'yamiz.

Nima kiradi

  • Tadbir konsepsiyasi va tashkil qilish
  • Auditoriya segmentatsiyasi — zalda faqat qaror qabul qiluvchilar
  • Xalqaro brendlar bilan hamkorlik
  • Tadbirdan keyin issiq lead (hot lead) bilan ishlash
  • Media orqali PR

Natija

Odoo Business Forum

$380 → ~400 ishtirokchi

~500 ro'yxat, reja 250 edi · Hilton, Odoo bilan bevosita hamkorlik

DeepVision & Odoo
DeepVision & Odoo

2 seminar, 3 xakaton, 1 forum

Seminar (101 biznes egasi) + hakaton (200+ dasturchi) + forum (400+)

Tadbirdan lead chiqadimi yoki bu faqat imidj uchunmi?

Ikkalasi ham. Lekin darhol emas — va buni oldindan aytamiz.

IT xizmatlarida shartnoma qiymati yuqori, qaror bir necha kishidan o'tadi va oylar davom etadi. Bunday sotuvda xaridor sizni sotib olishdan oldin bir necha marta ko'rgan bo'lishi kerak. Tadbir aynan shu ko'rishlarni beradi — reklama beradigan ko'rishdan kuchliroq, chunki u shaxsiy.

Odoo Business Forum bunga aniq misol: $380 budjet bilan Hilton'da o'tkazilgan tadbirga ~500 kishi ro'yxatdan o'tdi va kutilgan 250 o'rniga ~400 tadbirkor keldi.

Ishonch zinapoyasi — bitta tadbir yetmaydi

DeepVision bilan ishimiz buni yaxshi ko'rsatadi. Kompaniya noldan boshlagan edi: na brend, na mijoz, na tarix. Maqsad — bir yilda O'zbekistonda birinchi Odoo Gold Partner bo'lish.

Bitta tadbir bilan bunga erishib bo'lmaydi, shuning uchun ketma-ketlik qurdik: avval 70 ta video bilan bozorni o'rgatdik, keyin 101 kishilik seminar o'tkazdik, so'ng 400+ ishtirokchili forum, oxirida 200+ dasturchi qatnashgan hakaton. Har bir zina keyingisiga tayyorladi.

Natija: birinchi 9 oyda $1,124 reklama bilan 24 ta B2B sotuv, hozirgacha 30 ta; barcha mahsulotlar uchun jami reklama $1 658 (Odoo Forum ham shu ichida). Maqsad 9 oyda bajarildi — DeepVision O'zbekistondagi birinchi va yagona Odoo Gold Partner bo'ldi.

Bu raqamlar faqat tadbirning natijasi emas — kontent, PR va reklama birgalikda ishladi. Lekin ishonchni jonli uchrashuvlar mustahkamladi: eng tez bitim atigi 3 kunda yopildi, chunki mijoz allaqachon bizni ko'rgan va eshitgan edi.

Kichik kompaniyamizga forum kerakmi yoki webinar yetadimi?

Ko'pincha webinar yetadi. Bosqichma-bosqich borish arzonroq va xavfsizroq.

Webinar — eng past xarajat va eng tez ishga tushadigan format: auditoriyangiz bormi va mavzu qiziqtiradimi, shuni tekshiradi. Podkast — muntazam kontent va doimiy auditoriya, mehmonlar orqali yangi tarmoq ochiladi. Forum — eng qimmat va eng kuchli, lekin faqat oldingi ikki bosqich ishlaganidan keyin mantiqiy.

Birdaniga katta forumga pul tikish o'rniga, avval kichik formatda tekshirishni tavsiya qilamiz.

Nega podkast IT bozorida ishlaydi

Auditoriyangiz murakkab mavzuni tinglashga tayyor. ERP integratsiyasi haqida 40 daqiqalik suhbat oddiy iste'molchini zeriktiradi, lekin texnik rahbarni qiziqtiradi — bu bannerda aytib bo'lmaydigan chuqurlik.

Mehmon — bu yangi tarmoq. Podkastga chaqirilgan har bir mehmon o'z auditoriyasini olib keladi va o'zi ham potensial mijoz yoki hamkorga aylanadi.

Bitta yozuvdan o'nlab material chiqadi: to'liq video, bir necha qisqa Reels, matnli post, iqtiboslar va maqola uchun asos. Shuning uchun bitta podkast aslida bir necha haftalik kontent demakdir.

Tadbir natijasini qanday o'lchaymiz

Event marketingga eng ko'p qo'yiladigan tanqid — «buni o'lchab bo'lmaydi». Bu noto'g'ri: o'lchash mumkin, faqat oldindan sozlab qo'yish kerak.

To'rt bosqichda kuzatamiz: ro'yxatdan o'tish (nechta odam qiziqdi), kelish (nechtasi qatnashdi), aloqa (tadbirdan keyin nechtasi bilan suhbat boshlandi) va sotuv (nechtasi mijozga aylandi hamda qancha vaqtda).

Har bosqich alohida yoziladi, shuning uchun «tadbir foyda berdimi» degan savolga oy oxirida taxmin bilan emas, raqam bilan javob beramiz.

Narxi

PR tashkiliy paketi$1 500
Podkast production — 3 kishilik syomka, montaj, thumbnail, YouTube$500

Kirish nuqtasi — $500: bitta podkastdan boshlab, natijaga qarab kengaytirish mumkin. Birinchi PR chiqishi yoki podkast 3–4 haftada tayyor bo'ladi, yirik forum uchun 2–3 oy tayyorgarlik kerak. PR maqola joylashtirish odatda pullik — nashrlar ro'yxati sohangizga qarab tanlanadi va taklif bosqichida har birining narxi ko'rsatiladi. To'liq marketing hamkorligi $12 000 dan boshlanadi.

Kimga mos emas

  • IT va texnologiyadan tashqari sohalar — biz shu bozorning tadbirlarini bilamiz: kimni chaqirish va qaysi mavzu ishlashini.
  • 1 oyda natija kutayotganlar — birinchi chiqish 3–4 haftada bo'ladi, ta'sir esa oylar davomida to'planadi.
  • B2C mass-market mahsulotlar — bunday mahsulotlarga performance reklama ancha samaraliroq.

Ko’p so’raladigan savollar

Tadbirdan lead chiqadimi yoki bu faqat imidj uchunmi?

Ikkalasi ham, lekin darhol emas. Event ishonch qatlamini quradi va uzoq sotuv siklidagi xaridorni qaror tomon suradi. Odoo Business Forum'da $380 budjet bilan ~500 ro'yxat va ~400 ishtirokchi olingan.

SMI-larga chiqish pullikmi, qaysi nashrlarga chiqara olasiz?

PR maqola joylashtirish odatda pullik. Nashrlar ro'yxati sohangizga qarab tanlanadi — ERP yechimi va mobil ilova uchun mos maydonlar boshqa-boshqa. Taklif bosqichida qaysi nashrlarga chiqishimiz va narxi aniq ko'rsatiladi.

Kichik kompaniyaga forum kerakmi yoki webinar yetadimi?

Ko'pincha webinar yetadi. Webinar → podkast → forum ketma-ketligi bilan borish arzonroq va xavfsizroq.

Podkast qancha turadi va nima kiradi?

$500. Ichida: 3 kishilik professional syomka, montaj, thumbnail va YouTube'ga joylash.

Tadbirni tashkil qilishga qancha vaqt kerak?

Birinchi PR chiqishi yoki podkast — 3–4 hafta. Yirik forum uchun 2–3 oy tayyorgarlik kerak.

Kimga

B2B

Sizga mos keladimi?

Voronkangizni 1 kunda tahlil qilamiz.

Bog’lanish
Bepul konsultatsiya