AURA Digital
VSL · YOUTUBE · REELS

Kontent, SMM va production

Content & Production

Katta chekli B2B'da faqat reklama yetmaydi. Ishonch qatlami kerak.

Muammo

Lead keladi — ishonch yetmaydi. Odam $50 000 lik qarorni bir reels ko'rib qabul qilmaydi.

Nima kiradi

  • Ijtimoiy tarmoqlar identikasi va kontent-reja
  • SMM boshqaruvi — doimiy chop etish
  • Video production: syomka, montaj, animatsiya
  • VSL (Video Sales Letter) — muammoni ochib beruvchi darsliklar
  • YouTube — uzun formatli kontent, organik oqim
  • Reels va shorts
  • LinkedIn — B2B auditoriya bilan ishlash

Natija

DeepVision

70 video, 10 VSL

Eng tez sotuv 3 kunda · o'rtacha chek $20K → $40K (2×) · 6 oy reklamasiz murojaat

D-Clinics

500+ MQL

To'g'ri offer va video-kreativ ikki bosqichda ham ishladi

Smartup

1K+ prosmotr / reels

IT nisha uchun organik zo'r natija

Kontent o'zi sotadimi yoki target ham qilish kerakmi?

Ikkalasi kerak, lekin ular boshqa ishni bajaradi.

Kontent ishonch quradi — odam sizni biladi, tushunadi va ekspert deb qabul qiladi. Target esa shu kontentni to'g'ri odamga yetkazadi. Kontentsiz target quruq reklama bo'lib qoladi; targetsiz kontent esa faqat mavjud obunachilaringizga ko'rinadi.

Amalda bu shunday ishlaydi: kuchli Reels organik oqim oladi, keyin o'sha video eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgani uchun reklama kreativiga aylantiriladi. Ya'ni kontent target uchun material va test maydoni bo'lib xizmat qiladi.

Kontent-reja qanday tuziladi

Eng ko'p uchraydigan xato — kontentni «bugun nima suratga olamiz» tamoyili bilan yaratish. Bunday kontent chiroyli chiqadi, lekin sotmaydi. Biz teskari tartibda ishlaymiz — mijozning savolidan boshlaymiz.

Avval savollarni yig'amiz: sotuv qo'ng'iroqlarida, yozishmalarda va taklifdan keyingi e'tirozlarda qaysi savollar takrorlanadi. Keyin ularni bosqichlarga taqsimlaymiz — ba'zi savollar odam sizni endi bilgan paytda tug'iladi, boshqalari qaror oldidan.

So'ng har savolni formatga aylantiramiz: qisqa savol — Reels, murakkab mavzu — videodars yoki podkast, raqamli isbot — keys posti. Syomkani partiyalab o'tkazamiz: bir kunda bir necha haftalik material yig'iladi, bu ham arzonroq, ham spikeringizning vaqtini tejaydi.

Natijada har material aniq savolga javob beradi va sotuv suhbatida qayta ishlatiladi. «Bu haqda bizda video bor» degan javob — mijozni ishontirishning eng tez yo'li.

Qaysi kontent qaysi bosqichda ishlaydi

Kontentning eng ko'p uchraydigan muammosi — hammasi bir xil bosqichga yozilishi. Odatda bu «biz qanchalik zo'rmiz» bosqichi bo'ladi, holbuki mijoz hali sizni bilmaydi ham.

Tanishuv bosqichida odam muammosini biladi, yechimini bilmaydi — bu yerda muammo haqidagi qisqa kontent ishlaydi. Taqqoslash bosqichida u yechim turlarini o'rganadi va kimga ishonishni tanlaydi — bu yerda videodars, podkast va keys tahlili kerak. Qaror bosqichida esa oxirgi shubhalar qoladi: narx, muddat, «bizga to'g'ri keladimi» — bu yerda mijoz sharhlari va raqamli keyslar ishlaydi.

Faqat bitta bosqichga yozilgan kontent voronkani to'ldirmaydi: u yo tanishtiradi, lekin sotmaydi; yo sotmoqchi bo'ladi, lekin hali hech kim tinglamaydi.

Rejadan ortiq bajaramiz

Agentlik tanlashda eng katta xavf — va'da qilingan hajm bajarilmasligi. Oxirgi yirik loyihamizda shartnomada 45 ta Reels va 25 ta performance video kelishilgan edi; amalda 54 ta Reels va 46 ta video topshirildi.

Bu tasodif emas: kontent-reja oldindan tuziladi va syomka kunlari partiyalab o'tkaziladi, shuning uchun qo'shimcha material tabiiy ravishda to'planadi.

Syomka kimning hisobidan va oyiga nechta material kiradi

Studiya mijoz tomonidan va alohida to'lanadi — buni oldindan aytamiz, chunki keyin «kutilmagan xarajat» degan noxush suhbat bo'lmasligi kerak. Ko'p loyihalarda studiya umuman kerak emas: ofisingizda yoki tashqarida suratga olamiz.

Standart oylik paket — 18 tagacha Reels va 18 tagacha grafik post, oldindan tasdiqlangan kontent-reja asosida. Hajm maqsadingizga qarab moslashtiriladi: YouTube'ga urg'u bersangiz, Reels soni kamayib videodarslar qo'shiladi.

Tahrir soni shartnomada oldindan yoziladi. Buni noaniq qoldirmaymiz: «yana bir marta o'zgartiring» degan cheksiz sikl ikkala tomon uchun ham zarar.

Narxi

Reels video — syomka, montaj, copywriting va cover$50–100
Instagram grafik post$50
Target va performance video$50–90
YouTube videodars / dokumental$500
Podkast — 3 kishilik, to'liq production$500

Raqobatchilarning aksariyati «individual hisoblanadi» deb yozadi. Biz birlik narxlarni ochiq beramiz, chunki siz nimaga pul to'layotganingizni bilishingiz kerak. Paketlar: kirish paketi $2 050 dan, yirik yillik dasturlar $54 000 gacha. Birinchi kontent partiyasi 2 haftada tayyor. To'liq marketing hamkorligi $12 000 dan boshlanadi.

Kimga mos emas

  • IT va texnologiyadan tashqari sohalar — biz shu bozorning tilini bilamiz.
  • Kontentga 3 oydan kam sabr qila oladiganlar — kontent to'planadigan aktiv: birinchi oyda material yaratiladi, ta'sir 3-oydan boshlab ko'rinadi.
  • Syomkaga vaqt va spiker ajrata olmaydigan jamoalar — ekspert kontenti uchun sizning odamingiz kamerada gapirishi kerak.

Ko’p so’raladigan savollar

Syomka kimning hisobidan — studiya kerakmi?

Studiya mijoz tomonidan, alohida to'lanadi. Ko'p loyihalarda studiya kerak emas — ofisda yoki tashqarida suratga olamiz.

Oyiga nechta post va video kiradi?

Standart paket: 18 tagacha Reels va 18 tagacha grafik post, oldindan tasdiqlangan kontent-reja asosida.

Kontent o'zi sotadimi yoki target ham kerakmi?

Kontent ishonch quradi, target uni to'g'ri odamga yetkazadi. Eng yaxshi natija ikkalasi birga ishlaganda chiqadi.

Reels bitta qancha turadi?

$50 dan $100 gacha. Narxga syomka, montaj, copywriting va cover kiradi.

Kontent natijasi qachon ko'rinadi?

Birinchi partiya 2 haftada tayyor bo'ladi, sezilarli ta'sir 3-oydan boshlab.

Kimga

B2BB2C

Bu xizmat sizga kerakmi?

30 daqiqada hozirgi voronkangizni ko’rib chiqamiz — aniq action plan bilan chiqasiz.

Bog’lanish
Bepul konsultatsiya