Nega IT kompaniyalarga alohida yondashuv kerak
IT va texnologiya kompaniyalarining marketingi chakana savdodan uchta jihati bilan farq qiladi — va aynan shu farqlar universal yondashuvni ishlamas qiladi.
Sotuv sikli uzoq. ERP yoki SaaS yechimini odam bir kunda sotib olmaydi: qaror bir necha hafta, ba'zan oylar davom etadi. Ya'ni «reklama berdik — sotuv bo'ldi» modeli ishlamaydi; xaridorni qaror yo'lida bosqichma-bosqich kuzatib borish kerak.
Qaror qabul qiluvchi bir kishi emas. Texnik rahbar, moliya va kompaniya egasi uch xil narsaga qaraydi: biri integratsiyaga, ikkinchisi xarajatga, uchinchisi natijaga. Bitta xabar uchalasini ham ishontira olmaydi.
Shartnoma qiymati yuqori. Bitta mijoz o'n minglab dollar keltirishi mumkin — demak sizga ko'p lead emas, to'g'ri lead kerak. Ming ta arzon klik o'rniga o'nta sifatli murojaat ancha foydali.
To'g'ridan-to'g'ri reklama yoqsak bo'lmaydimi?
Yoqsa bo'ladi. Savol — natijasi qanday bo'lishida.
Tuzuk AI loyihasida mijoz bizgacha $6 000 sarflab birorta ham lead olmagan edi. Muammo mahsulotda emas, pozitsiyalash va auditoriya tanlovida edi. Qayta pozitsiyalashdan keyin atigi $1 200 byudjet natija berdi.
Reklama byudjeti — kuchaytirgich. U to'g'ri xabarni kuchaytirsa natija chiqadi, noto'g'ri xabarni kuchaytirsa faqat xarajatni kuchaytiradi. Strategiya reklamani almashtirmaydi — uni behuda sarflanishdan saqlaydi.
Qancha vaqt oladi va nima olasiz
Launch-formatda 15 kun, to'liq strategiya va qadoqlash bilan 2–3 hafta.
Yakunda: strategiya hujjati, ICP va raqobatchi tahlili, funnel sxemasi, byudjet rejasi va 90 kunlik yo'l xaritasi. Prezentatsiya emas — ishlash uchun hujjat. Farqi shunda: prezentatsiyani ko'rib chiqasiz va yopasiz, roadmap'ni esa har hafta ochib, bajarilganini belgilab borasiz.
Ishning katta qismi — tadqiqot. CustDev qo'ng'iroqlari, raqobatchilarni o'rganish va segmentlarni tekshirish vaqt oladi. Shuning uchun 15 kundan qisqartirish taklif qilmaymiz: qisqartirilgan tadqiqot taxminga aylanadi, taxminga qurilgan strategiyaning esa qiymati yo'q.
Strategiyani o'zimiz amalga oshirsak bo'ladimi?
Ha, bo'ladi. 90 kunlik yo'l xaritasi sizniki — ichida haftalik vazifalar aniq yozilgan va jamoangiz mustaqil bajarishi mumkin. Ko'p mijozlar aynan shunday qiladi: strategiyani bizdan oladi, ijroni o'z jamoasi bilan qiladi. Biz bilan davom etish majburiyat emas, tanlov.


