B2B SaaS marketingi — biznes uchun dasturiy mahsulotni sotadigan tizim: aniq og'riqqa taklif, MQL beradigan voronka, demo yoki audit va qisqa sotuv jarayoni. Chek $10,000 dan yuqori bo'lsa, asosiy sotuv uchrashuvda bo'ladi.
Parking24 bilan bu tizim birinchi oyning o'zida $1,200 reklama bilan 3 ta sotuv — jami $150,000 berdi. 3 oy yakunida $3,240 reklama bilan 15 ta B2B sotuv bo'ldi, o'rtacha chek $50,000.
Qisqacha:
- Tez bozorga chiqqan yutadi.
- MQL voronka: sayt yoki demo sahifasi + filtrli forma.
- Telefonda sotilmaydi: audit va uchrashuv.
- Video kreativ mahsulot yuzi bilan.
Birinchi sotuvlar qanday olinadi?
Parking24 bozorga endi chiqayotgan mahsulot edi. Biz uchta narsa qildik:
- Video kreativlar — mahsulot yuzi bilan maxsus roliklar.
- MQL voronka — ikki kampaniya: asosiy sayt va demo so'rov sahifasi.
- Sotuv jarayoni — qo'ng'iroqda sotilmaydi, maqsad bepul audit yoki uchrashuv; uchrashuvda narx oralig'i, keyin KP bilan alohida uchrashuv.
Birinchi oyda CRM'da ~$1 mln lik tijorat takliflari berilgan bitimlar paydo bo'ldi.
Nega tezlik muhim?
Shu paytda xuddi shu nishadagi boshqa startap bilan ham muzokara qilgan edik. Ular ko'p vaqtini o'ylash va yangi funksiyalar qo'shishga sarfladi. Parking24 esa tez harakat qildi va nishani egalladi.
SaaS'da mukammal mahsulot emas, bozorga birinchi kirgan mahsulot yutadi.
Masshtab qanday qilinadi?
Birinchi sotuvlardan keyin:
- eng yaxshi kampaniya va kreativlarga budjet ko'chiriladi;
- sotuv jamoasi kengaytiriladi;
- kontent (keyslar, success story) retargetingga qo'shiladi;
- yangi segmentlar test qilinadi.
Masshtab — bir xil narsani ko'proq qilish emas, ishlagan narsani aniq bilib, uni kuchaytirish.
Juda ko'pchilik qayerda xato qiladi?
Xato — SaaS'ni B2C kabi "bepul sinab ko'ring" bilan sotishga urinish, katta chekli korporativ mahsulotda ham. Mijoz ro'yxatdan o'tadi, tushunmaydi va chiqib ketadi.
Aslida to'g'ri yo'l — katta chekda demo va audit, kichik chekda esa tripwire yoki sinov davri. Batafsil: Tripwire nima.
Xulosa
Xullas, B2B SaaS'da tezlik va voronka hal qiladi.
- Mahsulot yuzi bilan video qiling.
- Sayt va demo sahifasini parallel test qiling.
- Telefonda emas, uchrashuvda soting.
- Ishlagan kanalni kuchaytiring.
To'liq keys: Parking24 keysi. SaaS mahsulotingiz uchun — konsultatsiyaga yozilish.
Muallif haqida. Safarmurod Abduroziqov — AURA Digital asoschisi va rahbari. 6 yillik marketing tajribasi, 50+ IT loyiha, ~$1 mln boshqarilgan reklama budjeti. Telegram · LinkedIn
Ko'p beriladigan savollar
B2B SaaS'ni qancha vaqtda sotish mumkin?
Voronka to'g'ri qurilsa, birinchi oyda. Parking24'da 1-oyda 3 ta sotuv, jami $150,000 bo'lgan.
SaaS uchun demo kerakmi?
Katta chekli mahsulotda ha: demo yoki audit uchrashuvi sotuvning asosiy nuqtasi.
SaaS marketingida qaysi kanal yaxshi?
Meta, Telegram, LinkedIn, Google — parallel test qiling. Parking24'da video kreativ va ikki landing bilan ishlangan.
Bepul sinov davri B2B'da ishlaydimi?
Kichik chekli mahsulotda ha; katta chekli korporativ mahsulotda demo va audit samaraliroq.
