AURA Digital
Go-to-Market

3 oyda $3,240 reklama bilan 15 ta B2B sotuv: Parking24 keysi

Avtoturargohlarni avtomatlashtirish · B2B

$1 200 lik reklama → 3 ta sotuv $150 000

125×

B2B SaaS mahsulotni qancha vaqtda va qancha budjet bilan sotish mumkin? Parking24 keysida birinchi oyda $1,200 reklama bilan 3 ta sotuv — jami $150,000, 3 oy yakunida esa $3,240 bilan 15 ta B2B sotuv bo'ldi. O'rtacha chek — $50,000.

Video

3 ta

1-oy: sotuvlar

$150,000

1-oy: sotuv hajmi

15 ta

3 oy (jami): sotuvlar

Go-to-MarketPerformanceSotuv bilan integratsiya

Fact sheet

MijozParking24 (parking-24.uz) — avtoturargohlarni boshqarish va to'lovlarni avtomatlashtirish tizimi
SegmentB2B, o'rtacha chek $50,000
1-oy$1,200 reklama → 3 ta sotuv = $150,000; CRM'da ~$1 mln lik KP berilgan bitimlar
3 oy$3,240 reklama → 15 ta sotuv (~$750,000, hisoblangan)
HolatLoyiha bilan hozir ham faol ishlayapmiz
XizmatlarPerformance marketing, SMM, lidgeneratsiya, voronka, video production

Vaziyat

Parking24 — avtoturargohlarni avtomatlashtiruvchi B2B tizim — birinchi oyda $1,200 reklama bilan $150,000 lik sotuv qildi, 3 oyda esa $3,240 reklama bilan 15 ta sotuv yopdi (o'rtacha chek $50,000). Quyida MQL voronkasi va sotuv jarayoni qanday qurilganini ko'rsatamiz.

Parking24 — avtoturargohlarni boshqarish va to'lov jarayonlarini avtomatlashtiradigan IT yechim. Asoschisi Saidamrillohon oldingi loyihasida biz bilan ishlab natijani ko'rgan, shuning uchun yangi Parking24 loyihasini ham bizga topshirdi.

Parking24 bozorga yangi chiqayotgan mahsulot edi. Kerak bo'lgan narsa aniq: $50,000 lik chekka ega B2B mahsulot uchun sifatli lidlar va tez sotuvlar.

Shu paytda xuddi shu nishadagi boshqa bir startap bilan ham muzokara qilgan edik. Ular ko'p vaqtini o'ylash va productga yangi funksiyalar qo'shishga sarfladi. Parking24 esa tez harakat qildi.

Ijro

  • Target uchun videoroliklar — Mahsulot yuzi bilan maxsus videolar tayyorladik.
  • MQL beradigan voronka — Ikki kampaniya: asosiy sayt va demo so'rov sahifasi. Lid forma orqali ariza qoldirgan odam allaqachon filtrdan o'tgan bo'ladi.
  • To'g'ri sotuv jarayoni — Qo'ng'iroqda sotilmaydi — maqsad bepul audit yoki uchrashuv. Uchrashuvda narx oralig'i, keyin tijorat taklifi (KP) bilan alohida uchrashuv. Metod haqida batafsil: B2B sotuv voronkasi.

Natijalar

1-oy: reklama$1,200
1-oy: sotuvlar3 ta
1-oy: sotuv hajmi$150,000
1-oy: pipeline~$1 mln lik KP
3 oy (jami): reklama$3,240
3 oy (jami): sotuvlar15 ta
3 oy (jami): sotuv hajmi~$750,000 (15 × $50,000, hisoblangan)

Mijoz fikri

“Bular har doimgidek yuqori saviyada syomkalar qilib berishadi, targetlar yoqib berishadi, ya'ni performance marketingni juda yaxshi qilishadi. Biz lidgeneratsiyadan hech qanaqa muammoga uchramaymiz.”

— Saidamrillohon, Parking24 asoschisi

Xulosa

Tushunishingiz uchun: har bir $1 reklama taxminan $230 sotuv olib keldi.

Bu yondashuv kimlarga mos? Bu yondashuv cheki $10,000 dan yuqori B2B SaaS, avtomatlashtirish tizimlari va ERP mahsulotlariga mos. Ayniqsa bozorga yangi chiqayotgan va tez birinchi sotuvlar kerak bo'lgan loyihalarga.

1. Tez bozorga chiqqan yutadi. O'ylab turgan raqobatchi nishani boy berdi.

2. Lid emas, MQL oling. Filtrlangan ariza sotuv menejerining vaqtini tejaydi.

3. Telefonda sotmang. Qo'ng'iroqdan maqsad — uchrashuv, narx — KP'da.

Muallif haqida. Safarmurod Abduroziqov — AURA Digital asoschisi va rahbari. 6 yillik marketing tajribasi, 50+ IT loyiha, ~$1 mln boshqarilgan reklama budjeti. Telegram · LinkedIn

Savol-javob

Parking24'da birinchi sotuv qachon bo'ldi?

Birinchi oyning o'zida: $1,200 reklama bilan 3 ta sotuv, jami $150,000.

3 oyda qancha sotuv bo'ldi?

$3,240 reklama bilan 15 ta B2B sotuv, o'rtacha chek $50,000.

Qanday xizmatlar ko'rsatildi?

Performance marketing, SMM, lidgeneratsiya, sotuv voronkasi va video production.

Sizga mos keladimi?

Voronkangizni 1 kunda tahlil qilamiz.

Bog'lanish
Bepul konsultatsiya