AURA Digital'da 3 oylik kompleks marketing shartnomasi odatda $10,000 dan $28,000 gacha turadi — hajmga qarab. Minimal hamkorlik muddati — 6 oy, minimal reklama budjeti — oyiga $1,000. Reklama budjetini mijoz platformalarga o'zi to'laydi.
Ko'p agentlik narxni yashiradi: "loyihaga qarab". Biz ochiq aytamiz, chunki narx tanlovning bir qismi va vaqtingizni tejaydi.
Qisqacha:
- 3 oy: ~$10,000–$28,000, hajmga qarab.
- Minimal muddat: 6 oy.
- Reklama budjeti: oyiga kamida $1,000, mijoz to'g'ridan-to'g'ri to'laydi.
- Strategiya avval, smeta keyin.
Narxga nima kiradi?
Hajm loyihaga qarab o'zgaradi. Kompleks ishga odatda shular kiradi:
- tadqiqot va marketing strategiyasi;
- brending yoki qadoqlash (kerak bo'lsa);
- SMM va kontent-plan;
- video production: ssenariy, syomka, montaj;
- performance marketing: reklama sozlash va test;
- voronka, lid forma, CRM bilan ishlash;
- analitika va hisobot.
Har loyihaga PM va performance manager biriktiriladi.
Reklama budjeti kimga to'lanadi?
Reklama budjeti hech qachon agentlik orqali o'tmaydi. Mijoz uni Meta, Google, Telegram va boshqa platformalarga o'zi to'laydi. Agentlikka esa faqat xizmat haqi to'lanadi.
Bu shaffoflik uchun: siz reklamaga qancha ketganini to'g'ridan-to'g'ri ko'rasiz.
Nega minimal muddat 6 oy?
Marketing — tizim. Birinchi oy strategiya, qadoq va testlarga ketadi. Ikkinchi-uchinchi oyda g'olib kanallar aniqlanadi. Keyingi oylarda natija kuchayadi.
DeepVision bilan 1 yilga mo'ljallangan strategiya 9 oyda bajarildi. Bunday natija 1–2 oylik "sinab ko'ramiz" formatida bo'lmaydi.
Qanday jarayon bilan boshlanadi?
- Operator qo'ng'irog'i: maqsad va budjetni aniqlash.
- Bepul konsultatsiya: oflayn yoki onlayn.
- Strategiya.
- Strategiya tasdiqlansa — smeta va shartnoma.
Hozircha Toshkent shahridagi bizneslar bilan ishlaymiz.
Arzon agentlik qimmatga tushishi mumkinmi?
Ha. Bitta IT startap bizga kelishidan oldin oldingi jamoaga $6,000 to'lagan, shundan reklamaga faqat $348 ketgan edi. Biz bilan 1 oyda $845 reklama $4,000+ sotuv berdi. Batafsil: Marketing auditi.
Xulosa
Xullas, narx — tizim narxi.
- 3 oylik ish ~$10,000–$28,000.
- Kamida 6 oyga rejalashtiring.
- Reklamaga oyiga kamida $1,000 ajrating.
- Strategiyani ko'rib, keyin smetaga o'ting.
Agar marketingga kamida 6 oy sarmoya kiritishga tayyor bo'lsangiz — bepul konsultatsiyaga yoziling.
Muallif haqida. Safarmurod Abduroziqov — AURA Digital asoschisi va rahbari. 6 yillik marketing tajribasi, 50+ IT loyiha, ~$1 mln boshqarilgan reklama budjeti. Telegram · LinkedIn
Ko'p beriladigan savollar
Marketing agentligi O'zbekistonda qancha turadi?
AURA Digital'da 3 oylik kompleks shartnoma odatda $10,000–$28,000, hajmga qarab. Reklama budjeti alohida.
Reklama budjeti agentlik narxiga kiradimi?
Yo'q. Mijoz reklama budjetini platformalarga o'zi to'laydi, agentlikka faqat xizmat haqi to'lanadi.
Minimal hamkorlik muddati qancha?
6 oy. Marketing tizimi strategiya, test va masshtab bosqichlaridan o'tishi uchun vaqt kerak.
Minimal reklama budjeti qancha?
Oyiga kamida $1,000. Undan kam budjetda testlar sekin va noaniq bo'ladi.
