Marketing auditi — marketing va sotuv tizimini tekshirib, pul qayerda yo'qolayotganini topish: reklama, voronka, sotuv jarayoni va raqamlar. Audit "nima noto'g'ri" savoliga javob beradi va keyingi qadamni ko'rsatadi.
Bitta IT startap bizga kelganda oldingi jamoaga $6,000 to'lagan edi. Audit ko'rsatdi: shundan reklamaga faqat $348 ketgan. Biz bilan 1 oyda $845 reklama $4,000+ sotuv berdi, sotuv sikli 20–25 kundan 10 kunga qisqardi.
Qisqacha:
- Audit pul qayerda yo'qolayotganini ko'rsatadi.
- Tekshiriladi: budjet, voronka, sotuv, raqamlar.
- Natija: aniq reja, umumiy maslahat emas.
Qachon audit kerak?
- Reklama yoqilgan, lekin sotuv yo'q.
- Lid bor, lekin sifatsiz yoki sotuvga aylanmayapti.
- Agentlik yoki jamoa hisobot beradi, lekin raqamlar tushunarsiz.
- Sotuv sikli juda uzun.
Auditda nimalar tekshiriladi?
- Budjet. Pul aslida qayerga ketgan: reklama, xizmat, ishlab chiqarish.
- Reklama kabinetlari. Auditoriya, kreativlar, kampaniyalar tuzilmasi.
- Voronka. Lid forma, sahifa, lid → MQL → uchrashuv → sotuv konversiyalari.
- Sotuv jarayoni. Qo'ng'iroq tezligi, skript, uchrashuv, KP.
- Analitika. CRM bormi, manba yoziladimi, hisobot qanday.
Startap keysida nima topildi?
Asosiy muammo — budjet. $6,000 dan atigi $348 reklamaga ketgan. Bunday budjet bilan hech qanday test natija bermaydi.
Ikkinchisi — sotuv jarayoni. Sikl 20–25 kun edi. Voronka va sotuv qayta qurilgach, u 10 kunga tushdi.
Faqat marketing emas
Ba'zan muammo umuman marketingda emas. LinkedIn'da yozgan edim: yillik aylanmasi $70 mln bo'lgan biznes tannarx hisobidagi xato tufayli zararda ishlayotgan edi. Marketing qancha sotuv olib kelsa ham, har sotuv zarar bo'lsa — tizim ishlamaydi.
Shuning uchun auditda unit-ekonomika ham ko'riladi: CAC, chek, marja. Batafsil: CAC va LTV.
Juda ko'pchilik qayerda xato qiladi?
Xato — muammoni "agentlik yomon edi" deb yopish va yangi agentlikka xuddi shu tizim bilan borish.
Aslida to'g'ri yo'l — avval audit, keyin strategiya. Muammo qayerdaligini bilmasangiz, uni almashtirish bilan hal qilolmaysiz.
Xulosa
Xullas, audit — davolashdan oldin tashxis.
- Budjet qayerga ketganini tekshiring.
- Voronka konversiyalarini hisoblang.
- Sotuv jarayonini tinglang.
- Unit-ekonomikani ko'ring.
- Keyin strategiya tuzing.
Marketing tizimingizni birga tekshiramiz — bepul konsultatsiyaga yozilish.
Muallif haqida. Safarmurod Abduroziqov — AURA Digital asoschisi va rahbari. 6 yillik marketing tajribasi, 50+ IT loyiha, ~$1 mln boshqarilgan reklama budjeti. Telegram · LinkedIn
Ko'p beriladigan savollar
Marketing auditi nima?
Marketing va sotuv tizimini tekshirib, pul va lid qayerda yo'qolayotganini aniqlash: budjet, reklama, voronka, sotuv va analitika.
Audit qachon kerak?
Reklama bor-u sotuv yo'q bo'lsa, lidlar sifatsiz bo'lsa yoki hisobotlar tushunarsiz bo'lsa.
Auditdan keyin natija qachon bo'ladi?
Muammoga bog'liq. Bitta startapda auditdan keyin 1 oyda $845 reklama $4,000+ sotuv bergan.
Auditda faqat reklama tekshiriladimi?
Yo'q: voronka, sotuv jarayoni, analitika va unit-ekonomika ham ko'riladi.
