$0.41 dan MQL va 10+ sotuv: Loome nasiya ERP keysi
Nasiya savdo ERP
G'oyani bozorga testladik hamda sotuvga erishdik: MQL narxi $0.41, 10+ sotuv
$0.41 MQLNasiya savdo uchun ERP mahsulotini bozorga qanday chiqarish mumkin? Loome keysida biz nomdan tortib sotuv jamoasigacha to'liq Go-To-Market qildik: 10 bosqichli filtrdan o'tgan ariza $0.16 dan, MQL $0.41 dan tushdi (prognoz $10–15 edi) va 10+ sotuv bo'ldi.
$0.41
MQL narxi (prognoz: $10–15)
$0.16
Ariza narxi (filtrdan keyin)
10+
Sotuvlar
Fact sheet
Vaziyat
Loome — nasiya savdo qiluvchi do'konlar uchun ERP — biz bilan to'liq Go-To-Market qildi: filtrli ariza $0.16 dan, MQL $0.41 dan tushdi (prognoz $10–15 edi) va 10+ sotuv bo'ldi. Quyida noldan — nom va brenddan sotuv jamoasigacha nima qilganimizni ko'rsatamiz.
Loome — nasiyaga (bo'lib to'lashga) sotadigan do'konlar uchun ERP: ombordan tortib moliya va CRM'gacha barcha jarayon bitta tizimda. Loyihani dasturchi-founder boshlagan va asosiy ishidan tashqari unga sarmoya kiritgan.
Nasiya savdo ERP nishasi bo'sh ekani haqida LinkedIn'da prognoz yozgan edim. Postdan keyin uchta IT kompaniya bog'landi — yiriklari ikkilandi. 30-may kuni esa shunday mahsulot ustida ishlayotgan founder yozdi: "Menda product bor, testlab ko'rmoqchiman. Go-To-Market qanday bo'ladi?" O'sha kuniyoq onlayn uchrashdik.
Holat: product bor, lekin nomi, brendi, narx tuzilmasi, sotuv jamoasi va bozorga chiqish rejasi yo'q.
Ijro
- Mahsulot va narx — Naming (Loome), narxlash strategiyasi va tripwire funksiyalar — mijozni kichik va arzon birinchi qadam bilan tanishtirish uchun.
- Brend — To'liq brandbook va SMM.
- Sotuv tizimi — Marketing va sotuv strategiyasi, sotuv jamoasini qurish.
- Performance marketing — Meta Ads orqali 10 bosqichli filtrli lid forma: ariza qoldirish uchun odam biznesi haqidagi o'nta savolga javob beradi.
Natijalar
Xulosa
1 oylik jarayonda MQL prognozdan 25 barobardan ham arzon chiqdi. Keyin founder productni kuchaytirish uchun loyihani ~15 kunga pauzaga qo'ydi; hozir yana agressiv Go-To-Market bosqichidamiz.
Bu yondashuv kimlarga mos? Bu yondashuv mahsuloti bor, lekin nomi, brendi, narxi va sotuv tizimi hali shakllanmagan startaplarga mos — ayniqsa bo'sh nishaga kirayotgan B2B SaaS loyihalarga.
1. Bo'sh nishada talab raqam bilan tasdiqlanadi. 10 savollik filtrdan keyin ham $0.16 lik ariza — og'riq kuchli ekanining isboti.
2. Kutganlar yutqazadi. Yirik kompaniyalar o'ylab turganda, bitta founder harakat qilib bozorga kirdi.
3. Kod — mahsulotning yarmi. Nom, brend, narx va sotuv jamoasisiz eng yaxshi tizim ham sotilmaydi.
Nisha haqida batafsil: Nasiya savdo ERP bozori.
Muallif haqida. Safarmurod Abduroziqov — AURA Digital asoschisi va rahbari. 6 yillik marketing tajribasi, 50+ IT loyiha, ~$1 mln boshqarilgan reklama budjeti. Telegram · LinkedIn
Savol-javob
Loome qanday mahsulot?
Nasiya savdo qiluvchi do'konlar uchun ERP: ombor, savdo, to'lov jadvali, qarzdorlik, moliya va CRM bitta tizimda.
MQL narxi qancha bo'ldi?
$0.41. Biz bu nishada $10–15 prognoz qilgan edik.
Qanday xizmatlar ko'rsatildi?
Naming, brending, marketing, sotuv va narxlash strategiyasi, tripwire funksiyalar, SMM, sotuv jamoasi va performance marketing.
Sizga mos keladimi?
Voronkangizni 1 kunda tahlil qilamiz.
