AURA Digital
Go-to-Market

Nasiya savdo dasturi: O'zbekistonda nega bu nisha hali bo'sh

Safarmurod AbduroziqovSafarmurod Abduroziqovkeys digest · 6 daq

Nasiya bozori 8,5 trln so'mga yetdi, lekin mustaqil do'konlar uchun to'liq ERP yo'q. Og'riqlar, imkoniyat va testlangan raqamlar: MQL $0.41.

Nasiya savdo uchun ERP mahsulotini bozorga qanday chiqarish mumkin? Loome keysida biz nomdan tortib sotuv jamoasigacha to'liq Go-To-Market qildik: 10 bosqichli filtrdan o'tgan ariza $0.16 dan, MQL $0.41 dan tushdi (prognoz $10–15 edi) va 10+ sotuv bo'ldi.

Keys raqamlari · Loome

MQL narxi (prognoz: $10–15)$0.41
Ariza narxi (filtrdan keyin)$0.16
Sotuvlar10+

Nasiya savdo dasturi — bo'lib to'lashga sotadigan do'konlar uchun ombor, savdo, to'lov jadvali, qarzdorlik, moliya va mijozlarni bitta tizimda yuritadigan ERP. O'zbekistonda nasiya bozori tez o'smoqda, lekin mustaqil do'konlar uchun barcha jarayonni yopadigan yechim hali yetarli emas. Shuning uchun bu nisha — bo'sh.

Bu xulosani taxmin bilan emas, test bilan chiqardik: shu nishadagi mahsulot uchun filtrli ariza $0.16 dan, MQL $0.41 dan tushdi va 10+ sotuv bo'ldi. Maqolani oxirigacha o'qisangiz, bozor hajmini, do'konlarning asosiy og'riqlarini va bu nishaga qanday kirish kerakligini bilasiz.

Qisqacha:

  • Bozor: 2025-yil boshida nasiya (BNPL) portfeli 8,5 trln so'm.
  • Yirik platformalar bozorning 2/3 qismida, mustaqil do'konlar uchun to'liq ERP yo'q.
  • Talab test bilan tasdiqlangan: MQL $0.41 (prognoz $10–15 edi), 10+ sotuv.

Mundarija

  1. Nasiya savdo dasturi nima?
  2. Bozor qanchalik katta?
  3. Mustaqil nasiya do'konlarining og'rig'i
  4. Yaxshi nasiya ERP'da nima bo'lishi kerak?
  5. Talab qanday tasdiqlandi?
  6. Bu nishaga qanday kirish kerak?
  7. FAQ

Nasiya savdo dasturi nima?

Nasiya savdo dasturi — nasiyaga sotadigan do'konning butun ishini bitta joyga jamlaydigan tizim: qaysi tovar omborda bor, kimga qancha muddatga berilgan, kim qachon to'lashi kerak, kim kechiktiryapti, do'kon qancha foyda qilyapti. Bunday tizimsiz bu ma'lumotlar daftarda, Excel'da yoki sotuvchining xotirasida qoladi.

Bozor qanchalik katta?

Markaziy bank ma'lumotiga ko'ra, 2025-yil 1-yanvar holatiga O'zbekistonda muddatli to'lov (BNPL) kredit portfeli 8,5 trln so'mga (~$657,8 mln) yetgan (Gazeta.uz). KPMG tadqiqotiga ko'ra, bozorning uchdan ikki qismini Uzum Nasiya va Alif Nasiya egallaydi (KPMG, 2024).

Yirik platformalar asosan marketplace va katta tarmoqlar bilan ishlaydi. Qolgan qism — o'z hisobidan nasiyaga sotadigan mustaqil do'konlar: telefon va gadjetlar, maishiy texnika, mebel, kiyim.

Mustaqil nasiya do'konlarining og'rig'i

LinkedIn'da bu nisha haqida yozganimda asosiy og'riqlarni shunday ajratgan edim:

  • Norasmiy hisob. Ko'pchilik hisobni norasmiy yuritadi, rasmiy hisob esa qimmatga tushadi.
  • Qaytmagan tovar. Nasiyaga berilgan tovarlarning qaytmay qolish holatlari uchraydi.
  • Platformalardan cho'chish. Bir qism do'konlar yirik nasiya platformalari bilan ishlashdan cho'chiydi va o'z hisobidan sotishni afzal ko'radi.
  • Yagona tizim yo'qligi. Ombordan moliya va CRM'gacha hammasini bitta joyda yuritadigan yechim yo'q.

Tushunishingiz uchun: katta bozor + aniq og'riq + tayyor yechim yo'qligi = bo'sh nisha.

Yaxshi nasiya ERP'da nima bo'lishi kerak?

ModulNima uchun kerak
OmborQaysi tovar bor, qaysi biri nasiyaga berilgan
To'lov jadvaliHar bir mijoz uchun muddat va summalar
Qarzdorlik nazoratiKim kechiktiryapti, eslatmalar
MoliyaHaqiqiy foyda va pul oqimi
CRMMijozlar tarixi, qayta sotuv

Asosiy qadriyat — do'kon egasi uchun ishonchli raqamlar va erkinlik: hamma narsani o'zi nazorat qilib o'tirmasligi.

Talab qanday tasdiqlandi?

Taxminan 1,5 yil oldin bu nishani boshqa mahsulot bilan testlagan edik — test muvaffaqiyatli bo'ldi va mavjud tizimlardan foydalanayotgan do'kon egalari yaxshiroq yechim chiqsa, o'tishga tayyorligini aytdi.

Keyin shu nisha bo'yicha uchta IT kompaniya bilan muzokara qildik, lekin ular qaror qabul qila olmadi. LinkedIn'da prognoz yozganimdan keyin yana uchta kompaniya bog'landi — yiriklari yana ikkilandi. Bitta dasturchi-founder esa harakat qildi va Loome loyihasi boshlandi:

Ko'rsatkichPrognozNatija
MQL narxi$10–15$0.41
Ariza (10 bosqichli filtr)—$0.16
Sotuvlar—10+

MQL prognozdan 25 barobardan ham arzon chiqdi — bu nisha haqiqatan bo'sh ekanining eng kuchli isboti.

Bu nishaga qanday kirish kerak?

Oddiy 4P'ni to'g'ri qiling:

  1. Mahsulot — ombor, to'lov jadvali, qarzdorlik, moliya va CRM bitta joyda.
  2. Narx — do'kon uchun tushunarli tarif va kichik kirish taklifi (tripwire).
  3. Joy — Telegram, Instagram va oflayn uchrashuvlar.
  4. Promo — filtrli lid forma va sotuv jamoasi. Batafsil: B2B sotuv voronkasi.

Va eng muhimi — kutmang. Yirik kompaniyalar o'ylab turgan paytda bozorga birinchi kirgan founder yutadi. Qanday tartibda chiqish kerakligi haqida: Go-To-Market: 6 bosqich.

Muallif haqida. Safarmurod Abduroziqov — AURA Digital asoschisi. 10+ IT startapni bozorda testlagan. Telegram · LinkedIn

Safarmurod Abduroziqov — marketing tilida coffee'lashamiz.

Ko'p beriladigan savollar

Nasiya savdo dasturi nima?

Bo'lib to'lashga sotadigan do'konlar uchun ombor, savdo, to'lov jadvali, qarzdorlik, moliya va CRM'ni bitta tizimda yuritadigan ERP.

O'zbekistonda nasiya bozori qanchalik katta?

Markaziy bank ma'lumotiga ko'ra, 2025-yil 1-yanvar holatiga BNPL kredit portfeli 8,5 trln so'm (~$657,8 mln). Bozorning uchdan ikki qismi Uzum Nasiya va Alif Nasiya'da (KPMG).

Nasiya do'konlari uchun ERP nima uchun kerak?

Qarzdorlik, to'lovlar va omborni bir joyda nazorat qilish, qaytmagan tovarlarni kamaytirish va haqiqiy foydani ko'rish uchun.

Bu nishada talab bormi?

Ha. Loome mahsuloti uchun MQL $0.41 dan tushdi va 10+ sotuv bo'ldi.

Shu mavzu biznesingizga tegishlimi?

1 kunda hozirgi voronkangizni audit qilib aniq action plan beramiz.

Bog'lanish
Bepul konsultatsiya