Customer Journey Map (CJM) — mijozning yo'lini bosqichma-bosqich chizadigan xarita: u muammoni qachon anglaydi, qayerda qidiradi, nimaga e'tibor beradi, qanday qaror qabul qiladi. Har bosqichda mijozning savoli, qo'rquvi va teginish nuqtasi belgilanadi.
CJM marketingni taxmindan xalos qiladi. U qaysi kanalda, qaysi bosqichda, qanday xabar kerakligini ko'rsatadi. Masalan, CJM parkovka tizimini sotib oluvchi tasodifiy foydalanuvchi emas, biznes-markaz egasi ekanini ochib bersa — voronkani pastdan (sotuvdan) boshlash to'g'ri bo'ladi.
