AURA Digital
Voronka va lead

Sotuv voronkasi (Sales Funnel)

Sotuv voronkasi — mijozning birinchi tanishuvdan xariddgacha bo'lgan yo'li bosqichlarga bo'lingan model. Har bosqichda bir qism odam "tushib" qoladi.

Bilim bazasiga qaytish

Sotuv voronkasi — mijozning yo'lini bosqichlarga ajratadigan model: tanishuv → qiziqish → ishonch → qaror → xarid. "Voronka" deb atalishining sababi: yuqorida ko'p odam, pastda esa faqat sotib oladiganlar qoladi.

Voronka odatda uch qatlamga bo'linadi: TOFU (yuqori — tanishtirish), MOFU (o'rta — ishonch qurish), BOFU (past — sotuv). Har qatlam boshqa kontent va boshqa xabar talab qiladi.

Qaysi bosqichdan boshlash kerak

Bu mahsulot va bozorga bog'liq. Talab allaqachon shakllangan bozorda (masalan, muammo aniq) voronkani pastdan — BOFU, sotuv bosqichidan — boshlash tezroq natija beradi. Yangi, notanish mahsulotda esa avval yuqori voronkada ishonch qurish kerak.

Voronkaning zaif bo'g'ini butun natijani cheklaydi: reklama zo'r bo'lsa-yu, lead qabul qiluvchi tizim tayyor bo'lmasa, leadlar kelib yo'qoladi. Shuning uchun voronka reklama bilan birga quriladi.

Ko'p so'raladigan savollar

TOFU, MOFU, BOFU nima degani?

TOFU (Top of Funnel) — voronkaning yuqorisi, tanishtirish bosqichi. MOFU (Middle) — o'rtasi, ishonch qurish. BOFU (Bottom) — pasti, sotuvga tayyor odam bilan ishlash. Har biriga alohida kontent va offer mos keladi.

Bu atama biznesingizga tegishlimi?

30 daqiqada hozirgi voronkangizni ko'rib chiqamiz — aniq action plan bilan chiqasiz.

Bog'lanish
Bepul konsultatsiya