AURA Digital
Metrikalar

Marketing investitsiyasi qaytimi (ROMI)

ROMI (Return on Marketing Investment) — marketingga sarflangan har bir so'm qancha daromad keltirganini ko'rsatadigan ko'rsatkich. Marketingni xarajatdan investitsiyaga aylantiradi.

Bilim bazasiga qaytish

ROMI (Return on Marketing Investment) — marketing investitsiyasining qaytimi. U bitta savolga javob beradi: marketingga tikilgan pul qancha daromad keltirdi? Formula: ROMI = (marketingdan kelgan daromad − marketing xarajati) ÷ marketing xarajati × 100%.

ROMI marketingni «xarajat» qarashidan «investitsiya» qarashiga o'tkazadi. Masalan, $1 124 byudjet $200 000+ aylanma bergan bo'lsa — bu juda yuqori qaytim. ROMI musbat bo'lsa, marketing o'zini oqlaydi va kengaytirishga arziydi.

Ko'p so'raladigan savollar

ROMI, ROI va ROAS farqi nima?

ROI — umumiy investitsiya qaytimi (har qanday xarajat uchun). ROMI — faqat marketing investitsiyasiga oid. ROAS — faqat reklama xarajatiga oid daromad nisbati. ROMI marketing foydasini, ROAS esa reklama samarasini o'lchaydi.

Bu atama biznesingizga tegishlimi?

30 daqiqada hozirgi voronkangizni ko'rib chiqamiz — aniq action plan bilan chiqasiz.

Bog'lanish
Bepul konsultatsiya