Raqobatchi arzonroq bo'lsa, birinchi vasvasa — narxni tushirish. Lekin narx urushida ko'pincha ikkala tomon ham yutqazadi: marja qisqaradi, mijoz esa faqat arzonlikni qidiradigan bo'lib qoladi. Chiqish yo'li — narxda emas, qiymatda raqobatlashish.
Narx emas, qiymatni ko'rsating
Mijoz «qimmat» deganda ko'pincha «qiymatini ko'rmayapman» degani. Yechim — pozitsiya va value proposition orqali natijani aniq ko'rsatish: siz nafaqat xizmat, balki aniq, o'lchanadigan natija (masalan sotuvga tayyor lead) berasiz. Qiymat aniq bo'lsa, narx ikkinchi darajaga tushadi.
USP ham shu yerda ishlaydi: raqobatchi bermaydigan, lekin siz beradigan noyob va'da narx taqqoslashni ma'nosiz qiladi.
