Marketing agentligi bilan ishlash ikki uchrashuvdan boshlanadi: birinchisida agentlik mahsulotingizni o'rganadi va accesslarni oladi, ikkinchisida strategiya va action plan beriladi. Keyin kontent, syomka, reklama testlari va muntazam hisobot keladi.
Ko'p tadbirkor agentlik bilan ishlashni "pul berdim — natija kutaman" deb tasavvur qiladi. Aslida natija mijoz va agentlikning birga ishlashidan chiqadi.
Qisqacha:
- 1-uchrashuv: brifing, audit, accesslar.
- 2-uchrashuv: strategiya va action plan.
- Keyin: kontent-plan → syomka → montaj → posting.
- Performance: funnellarni test qilish va budjetni taqsimlash.
1-uchrashuv: tanishuv va brifing
Mijoz mahsuloti va vizyonini jamoaga taqdim etadi. Biz so'raymiz: hozirgi holat qanday, dizayn va ijtimoiy tarmoqlar bormi, noldan qadoqlash kerakmi, nima xohlaysiz.
Shu uchrashuvda loyiha auditi qilinadi va accesslar olinadi: Meta, Instagram, Facebook, YouTube, Google Ads, Google Search Console, LinkedIn, Yandex Metrica, Telegram kanal va Telegram reklama kabineti.
2-uchrashuv: strategiya
To'liq strategiya va action plan taqdim etiladi. Agar qadoqlash yoki brending kerak bo'lsa, referenslar va brendingning birinchi versiyasi ko'rsatiladi.
Strategiyada PM va performance manager TOFU, MOFU, BOFU funnellarini ishlab chiqadi: kimga qanday kontent va qanday reklama. Batafsil: TOFU, MOFU, BOFU.
Kontent va syomka
- Kontent-plan va ssenariylar onlayn uchrashuvda tasdiqlanadi.
- Syomka kuni belgilanadi, operatorlar va lokatsiyalar aniqlanadi.
- Syomkada video va foto kreativlar olinadi.
- SMM menejerlar editorlarga ssenariy, texnik topshiriq va deadline bilan vazifa beradi.
- Mijoz tasdig'idan keyin posting.
Performance va hisobot
Performance manager barcha funnellarni bir vaqtda test qiladi, eng samaralisini aniqlaydi va budjetni funnellar bo'yicha taqsimlaydi. Mijozning sotuv jamoasi bilan kunlik yoki haftalik hisobot almashiladi: qaysi funnel lidlari sotuvga aylanmoqda.
Mijozdan nima kerak?
- Tez javob va tasdiq: kontent-plan, ssenariy, kreativlar.
- Sotuv jamoasi: izoh va DM'larga mijozning sotuv jamoasi javob beradi.
- Lidlar bo'yicha halol feedback: kim sotib oldi, kim yo'q.
Xulosa
Xullas, agentlik bilan ishlash — jamoaviy jarayon.
- Brifingda hammasini ochiq ayting.
- Accesslarni birinchi haftada bering.
- Strategiyani tasdiqlang.
- Kontentni tez tasdiqlang.
- Sotuv natijalarini muntazam ulashing.
Biz bilan ishlash qanday bo'lishini konsultatsiyada ko'rsatamiz — yozilish.
Muallif haqida. Safarmurod Abduroziqov — AURA Digital asoschisi va rahbari. 6 yillik marketing tajribasi, 50+ IT loyiha, ~$1 mln boshqarilgan reklama budjeti. Telegram · LinkedIn
Ko'p beriladigan savollar
Agentlik bilan ish qanday boshlanadi?
Ikki uchrashuv bilan: birinchisida brifing, audit va accesslar; ikkinchisida strategiya va action plan.
Agentlikka qanday accesslar beriladi?
Odatda Meta, Instagram, Facebook, YouTube, Google Ads, Search Console, LinkedIn, Yandex Metrica va Telegram kanallari hamda reklama kabinetlari.
Izoh va xabarlarga kim javob beradi?
Mijozning sotuv jamoasi. Agentlik kontent va reklamani yuritadi, sotuv muloqoti esa biznes ichida bo'ladi.
Hisobot qanchalik tez-tez beriladi?
Performance bo'yicha sotuv jamoasi bilan kunlik yoki haftalik hisobot almashiladi.
