AURA Digital
Event marketing

Biznes forum tashkil qilish: 3 oylik tayyorgarlik rejasi

Safarmurod AbduroziqovSafarmurod Abduroziqovo'qish: 3 daq

B2B biznes forum qanday tashkil qilinadi: 3 oylik reja, isbot kontenti, issiq auditoriya va qo'ng'iroq. $380 reklama bilan ~400 ishtirokchi tajribasidan.

Biznes forum — sohadagi tadbirkorlar, hamkorlar va vendorlarni bir joyga yig'adigan katta tadbir. B2B kompaniya uchun u brendni yangi darajaga chiqarish va yirik shartnomalarga yo'l ochish vositasi.

2026-yil 20-yanvarda xalqaro Odoo kompaniyasi va DeepVision bilan Biznes Forum o'tkazdik. $380 reklama bilan ~500 kishi ro'yxatdan o'tdi va kutilgan 250 o'rniga ~400 tadbirkor keldi. Tayyorgarlik 3 oy davom etdi. Mana o'sha reja.

Qisqacha:

  • 1-oy: maqsad, hamkorlar va isbot kontenti.
  • 2-oy: issiq auditoriyani qizdirish.
  • 3-oy: ro'yxat, qo'ng'iroq va sotuvga tayyorgarlik.

1-oy: maqsad va isbot

Forumning maqsadini yozing. DeepVision uchun maqsad aniq edi: $100,000 gacha bo'lgan cheklardan million dollarlik shartnomalarga o'tish. Buning uchun uchta vazifa qo'yildi: Odoo nima uchun kerakligini tushuntirish, birinchi va yagona Gold Partner ekanini ko'rsatish, loyihalar natijalarini e'lon qilish.

Shu oyda isbot kontenti boshlanadi. Biz viloyatlarga chiqib, Odoo joriy qilingan korxonalarda Customer Success Story hujjatli filmlarini oldik.

2-oy: auditoriyani qizdirish

Forum reklamasi bo'sh joyda ishlamaydi. Unga qadar auditoriya sizni tanishi kerak: YouTube darsliklar, podkastlar, Reels, oldingi seminar va xakaton ishtirokchilari.

Forum reklamasiga atigi $380 ketdi. Sabab — 9 oy davomida yig'ilgan issiq baza. Sovuq auditoriyaga forum e'loni bilan chiqish ancha qimmat.

3-oy: ro'yxat, qo'ng'iroq va sotuv

Target reklama issiq bazaga qaratiladi. Har bir ro'yxatga operator qo'ng'iroq qilib, ishtirokni tasdiqlaydi va joyni band qiladi. Kutilganidan 60% ko'p odam kelishining asosiy sababi shu.

Sotuv jamoasi forumdan oldin tayyor bo'lishi kerak: kim bilan qachon uchrashadi, qanday taklif beriladi. Forumdan keyin mijozimiz shunday degan edi:

"Menda 6 oyga yetadigan loyihalarim bor, 6 oy davomida menga target va reklama shart emas, buyog'iga ulgurmayman."

Xalqaro vendor bilan ishlash nima beradi?

Tadbirkor uchun dastur ishlab chiqaruvchisining o'zi qatnashgan tadbir oddiy seminardan ancha salmoqli. Biz marketing bo'yicha Odoo jamoasi bilan bevosita ishladik: kontent va tadbir sifati xalqaro brend talablariga mos bo'lishi kerak edi.

To'liq keys: Odoo Biznes Forum keysi.

Xulosa

Xullas, forum — 3 oylik ishning bir kunlik natijasi.

  1. Maqsadni raqam bilan yozing.
  2. Isbot kontentini oldindan tayyorlang.
  3. Auditoriyani kamida 2–3 oy qizdiring.
  4. Har bir ro'yxatga qo'ng'iroq qiling.
  5. Forumdan keyingi sotuvni rejalang.

Forumingizni birga rejalaymiz — konsultatsiyaga yozilish.

Muallif haqida. Safarmurod Abduroziqov — AURA Digital asoschisi va rahbari. 6 yillik marketing tajribasi, 50+ IT loyiha, ~$1 mln boshqarilgan reklama budjeti. Telegram · LinkedIn

Ko'p beriladigan savollar

Biznes forumga qancha oldin tayyorlanish kerak?

Katta forum uchun kamida 3 oy: isbot kontenti, auditoriyani qizdirish, ro'yxat va qo'ng'iroqlar.

Forum reklamasiga qancha budjet kerak?

Auditoriya issiq bo'lsa, kam. Odoo Biznes Forumida $380 reklama ~500 ro'yxat bergan.

Kutilganidan ko'p odam qanday keladi?

Oldindan qizdirilgan auditoriya va har bir ro'yxatga tasdiqlash qo'ng'irog'i orqali. Forumda reja 250, kelgan ~400 kishi.

Forumdan qanday natija kutish kerak?

Brend obro'si, yirik mijozlar bilan uchrashuvlar va keyingi oylardagi shartnomalar. DeepVision'da forumdan keyin 6 oyga yetadigan loyihalar yig'ilgan.

Sizga mos keladimi?

Voronkangizni 1 kunda tahlil qilamiz.

Bog'lanish
Bepul konsultatsiya