AURA Digital
Event

$380 reklama bilan 400 tadbirkor: xalqaro Odoo bilan Biznes Forum keysi

B2B event marketing

$380 → 400 kishilik Odoo Forum

B2B biznes forumiga kam budjet bilan qanday qilib yuzlab tadbirkorni jalb qilish mumkin? Xalqaro Odoo kompaniyasi va DeepVision bilan o'tkazilgan forumda $380 reklama ~500 ro'yxat berdi, kutilgan 250 kishi o'rniga esa ~400 tadbirkor keldi.

Tadbir videosi

~400

Ishtirokchilar (reja: 250)

~500

Ro'yxat

$380

Reklama

Event marketingBrendingHamkorlik bilan tashkillashtirish

Fact sheet

TadbirBiznes Forum, 2026-yil 20-yanvar
HamkorlarXalqaro Odoo kompaniyasi va DeepVision (Odoo Gold Partner)
AURA roliOdoo jamoasi bilan to'g'ridan-to'g'ri ishlab, forum marketingini yuritdi
Reklama$380
Ro'yxatdan o'tganlar~500
Kutilgan / kelgan250 / ~400 tadbirkor va IT kompaniya egasi
XizmatlarPerformance marketing, SMM, YouTube production

Vaziyat

2026-yil 20-yanvarda xalqaro Odoo kompaniyasi va DeepVision bilan o'tkazilgan Biznes Forumga $380 reklama bilan ~500 kishi ro'yxatdan o'tdi va kutilgan 250 o'rniga ~400 tadbirkor keldi. Bu keysda B2B tadbirni qanday tayyorlaganimiz va zalni qanday to'ldirganimizni ko'rsatamiz.

Forum DeepVision kompaniyasi uchun o'tkazildi. DeepVision birinchi 9 oyda biz bilan 24 ta B2B sotuv qilib, O'zbekistondagi birinchi Odoo Gold Partner bo'lgan edi (DeepVision keysi). Gold Partner maqomi tufayli forumni xalqaro Odoo kompaniyasining o'zi bilan hamkorlikda tashkil qildik.

Gold Partner'dan keyingi maqsad — $100,000 gacha bo'lgan cheklardan million dollarlik shartnomalarga o'tish. Buning uchun brend reputatsiyasini yangi darajaga olib chiqish kerak edi. Forumning uchta maqsadi: 1) tadbirkorlarga Odoo nima uchun kerakligini tushuntirish; 2) DeepVision birinchi va yagona Gold Partner ekanini ko'rsatish; 3) amalga oshirilgan loyihalar natijalarini e'lon qilish.

Reja 250 ishtirokchi edi.

Ijro

  • 3 oylik tayyorgarlik va isbot kontenti — Viloyatlarga chiqib, Odoo joriy qilingan korxonalarda Customer Success Story hujjatli filmlarini oldik: qaysi jarayonlar avtomatlashtirilgani va biznesga nima bergani.
  • Xalqaro Odoo bilan ishlash — Marketing bo'yicha Odoo jamoasining o'zi bilan bevosita ishladik — kontent, kommunikatsiya va tadbir sifati xalqaro brend talablariga mos bo'lishi kerak edi.
  • Issiq auditoriyaga reklama — Oldingi seminar, xakaton va kontent orqali yig'ilgan bazaga target reklama — $380 bilan ~500 ro'yxat.
  • Har bir ro'yxatga qo'ng'iroq — Operatorlar ishtirokni tasdiqlab, joyni band qildi.

Natijalar

Ishtirokchilar (reja: 250)~400
Ro'yxat~500
Reklama$380
Mijozdagi loyihalar6 oyga yetadigan loyihalar

Mijoz fikri

“Menda 6 oyga yetadigan loyihalarim bor, 6 oy davomida menga target va reklama shart emas, buyog'iga ulgurmayman.”

— Amon Olimov, DeepVision asoschisi

Xulosa

Bu yondashuv kimlarga mos? Bu yondashuv ERP, SaaS va IT xizmat kompaniyalariga, shuningdek xalqaro vendor bilan hamkorlikda tadbir o'tkazmoqchi bo'lgan integratorlarga mos. Asosiy shart — tadbirdan oldin kamida 2–3 oy auditoriyani kontent bilan qizdirish.

1. Tadbir — oldingi ishingiz yig'indisi. $380 bilan 500 ro'yxat faqat 9 oylik kontent va ishonch tufayli mumkin bo'ldi.

2. Qo'ng'iroq tashrifni belgilaydi. Kutilganidan 60% ko'p odam — operatorlar ishining natijasi.

3. Katta chek katta isbot talab qiladi. Success story filmlar million dollarlik suhbatga zamin bo'ldi.

Tadbirni o'zingiz qanday tashkil qilishingiz haqida: B2B event marketing: 6 qadam.

Muallif haqida. Safarmurod Abduroziqov — AURA Digital asoschisi va rahbari. 6 yillik marketing tajribasi, 50+ IT loyiha, ~$1 mln boshqarilgan reklama budjeti. Telegram · LinkedIn

Savol-javob

Forumga qancha reklama sarflandi?

$380. Shu budjet bilan ~500 kishi ro'yxatdan o'tdi va ~400 kishi keldi.

Nega kutilganidan ko'p odam keldi?

Auditoriya oldindan kontent orqali qizdirilgan edi va har bir ro'yxatga operator qo'ng'iroq qilib tasdiqladi.

Xalqaro Odoo bilan ishlash nima berdi?

Tadbirga ishonch va xalqaro sifat standarti. Tadbirkor uchun dastur ishlab chiqaruvchisining o'zi qatnashgan tadbir oddiy seminardan ancha salmoqli.

Sizga mos keladimi?

Voronkangizni 1 kunda tahlil qilamiz.

Bog'lanish
Bepul konsultatsiya