Kreativ test — bir xil auditoriyaga bir nechta reklama variantini ko'rsatib, qaysi biri arzonroq va sifatliroq lid berishini raqam bilan aniqlash. Qaysi kreativ ishlashini oldindan hech kim bilmaydi: na mijoz, na agentlik.
Ko'p kompaniya bitta "eng chiroyli" rolikni tayyorlaydi va butun budjetni unga qo'yadi. U ishlamasa — "reklama ishlamaydi" degan xulosa.
Qisqacha:
- Bir vaqtda bir nechta kreativ test qilinadi.
- Bitta o'zgaruvchi: hook, format, taklif yoki yuz.
- G'olib — lid emas, MQL va sotuv bo'yicha.
Nechta kreativ kerak?
Ko'p. DeepVision bilan ishlash davomida 200+ kreativ test qilindi. Bitta xalqaro IT outsourcing loyihasida esa 35 ta kampaniya ishga tushirildi: to'rt bozor, turli segment va takliflar.
Kreativ ko'p bo'lishi uchun qimmat syomka shart emas. Bitta syomka kunida 10–20 ta turli hook va formatni olish mumkin.
Nimani test qilish kerak?
Bir vaqtda bitta o'zgaruvchini o'zgartiring:
- Hook — birinchi 3 soniya: savol, raqam yoki og'riq.
- Format — gapiruvchi yuz, ekran yozuvi, jarayon, success story.
- Taklif — bepul audit, demo, tadbir, darslik.
- Gapiruvchi — asoschi, ekspert yoki mijoz.
Hammasini bir vaqtda o'zgartirsangiz, nima ishlaganini bilmaysiz.
G'olibni qanday tanlash kerak?
Faqat lid narxiga qaramang. G'olib — MQL narxi va keyinchalik sotuv bo'yicha eng yaxshi kreativ. Ba'zan arzon lid beradigan kreativ sifatsiz odamlarni olib keladi.
Shuning uchun biz mijozning sotuv jamoasi bilan kunlik yoki haftalik hisobot almashamiz: qaysi kampaniya lidlari uchrashuvga keldi, qaysilari sotib oldi. Budjet shu asosida ko'chiriladi.
Juda ko'pchilik qayerda xato qiladi?
Xato — testni juda erta to'xtatish. Bir kun ko'rib, "ishlamadi" deyish. Algoritm o'rganishi uchun vaqt va yetarli ko'rsatish kerak.
Ikkinchi xato — g'olib kreativni abadiy ishlatish. Auditoriya charchaydi va narx oshadi. Doimiy ravishda yangi variantlar qo'shib turing.
Xulosa
Xullas, reklamada fikr emas, raqam qaror qiladi.
- Ko'p kreativ tayyorlang.
- Bitta o'zgaruvchini test qiling.
- G'olibni MQL va sotuv bo'yicha tanlang.
- Budjetni g'olibga ko'chiring.
- Yangi variantlarni muntazam qo'shing.
Kreativ test tizimini birga quramiz — konsultatsiyaga yozilish.
Muallif haqida. Safarmurod Abduroziqov — AURA Digital asoschisi va rahbari. 6 yillik marketing tajribasi, 50+ IT loyiha, ~$1 mln boshqarilgan reklama budjeti. Telegram · LinkedIn
Ko'p beriladigan savollar
Kreativ test nima?
Bir nechta reklama variantini bir xil auditoriyaga ko'rsatib, qaysi biri yaxshiroq natija berishini raqam bilan aniqlash.
Nechta kreativ test qilish kerak?
Qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi. DeepVision bilan 200+ kreativ test qilingan.
Kreativ testi qancha davom etadi?
Algoritm o'rganishi va yetarli ma'lumot yig'ilishi uchun bir necha kun. Bir kunda xulosa chiqarmang.
G'olib kreativni qanday aniqlash kerak?
Lid narxi bilan emas, MQL narxi va sotuvga o'tish bilan. Buning uchun sotuv jamoasidan hisobot kerak.
