AURA Digital
Go-to-Market

Product-Market Fit nima va uni qanday tekshirish mumkin

Safarmurod AbduroziqovSafarmurod Abduroziqovo'qish: 3 daq

Product-Market Fit (PMF) nima, uning belgilari qanday va startap PMF'ni qanday tekshiradi. PMF, Pivot va Kill qarorlari real keyslar bilan.

Product-Market Fit (PMF) — mahsulot aniq bir bozorning aniq muammosini shunday hal qiladiki, odamlar uni o'zlari izlab, pul to'lab sotib olishadi. PMF bo'lmasa, marketing budjeti faqat qimmatroq qilib yo'qotishga yordam beradi.

Ko'p founder PMF'ni his-tuyg'u bilan aniqlaydi: "do'stlarimga yoqdi". Ammo do'stlar to'lamaydi. Bozor to'laydi yoki to'lamaydi.

Qisqacha:

  • PMF — talab raqam bilan tasdiqlangan holat.
  • Belgilari: arzon MQL, takroriy sotuv, o'zi kelayotgan mijozlar.
  • Test natijasi: PMF, Pivot yoki Kill.

PMF belgilari qanday?

PMF'ni bitta raqam ko'rsatmaydi, lekin bir nechta belgi birga paydo bo'ladi:

  1. Mijozlar mahsulot tayyor bo'lmasdan pul berishga tayyor.
  2. Lid filtrdan keyin ham arzon tushadi.
  3. Sotuv sikli qisqaradi.
  4. Mijozlar o'zlari tavsiya qilishadi.

Loome keysi bunga misol: 10 savollik filtrdan keyin ham MQL $0.41 dan tushdi, biz esa $10–15 kutgan edik. Bozor "bu menga kerak" deb javob berdi.

PMF'ni qanday tekshirish mumkin?

Eng arzon yo'l — mahsulotni ishlab chiqishdan oldin sotishga urinish. Biz buni Go-To-Market testi deymiz: taklif, narx, voronka, oddiy brend va kichik reklama.

Nasiya365 bilan product yo'q paytida $1,000 reklama 22 ta pulli wishlist va 12 ta sotuv berdi. Keyingi 1 yilda mahsulot aynan shu mijozlar talabi bo'yicha qurildi.

PMF bo'lmasa nima qilish kerak?

Ikki yo'l bor: pivot yoki to'xtash.

Pivot — qiziqish bor, lekin boshqa narsaga. Aisha AI (hozir VoiceLab) MVP holatida $745 bilan 260+ lid va 1 oyda ~20 ta sotuv qildi. Keyin asoschi bozorga AI-sotuvchi agent kerakligini ko'rib, yo'nalishni moslashtirdi. Batafsil: Pivot qachon kerak.

Kill — hech kim qiziqmaydi. Bu ham natija: siz keyingi g'oyaga vaqt va pul saqlab qoldingiz.

Juda ko'pchilik qayerda xato qiladi?

Xato — PMF'ni marketing bilan "sotib olishga" urinish. Mahsulot bozorga mos kelmasa, budjetni oshirish yo'qotishni tezlashtiradi.

Aslida to'g'ri yo'l — avval kichik test, keyin masshtab. Test natijasini oldindan yozib qo'ying: qanday raqam bo'lsa davom etamiz, qanday bo'lsa to'xtaymiz.

Xulosa

Xullas, PMF — fikr emas, raqam.

  1. Ishlab chiqishdan oldin soting.
  2. Filtrli lid va oldindan to'lovni o'lchang.
  3. Natijaga qarab qaror qiling: masshtab, pivot yoki to'xtash.
  4. Qaror mezonini testdan oldin yozing.

Mahsulotingizni bozorda testlaymiz — konsultatsiyaga yozilish.

Muallif haqida. Safarmurod Abduroziqov — AURA Digital asoschisi va rahbari. 6 yillik marketing tajribasi, 50+ IT loyiha, ~$1 mln boshqarilgan reklama budjeti. Telegram · LinkedIn

Ko'p beriladigan savollar

Product-Market Fit nima?

Mahsulot aniq bozorning aniq muammosini shunday hal qiladigan holatki, mijozlar uni o'zlari izlab, pul to'lab sotib oladi.

PMF'ni qanday bilsa bo'ladi?

Oldindan to'lovlar, filtrdan keyin ham arzon MQL, qisqarayotgan sotuv sikli va tavsiya orqali kelayotgan mijozlar — PMF belgilari.

PMF bo'lmasa reklamani oshirish yordam beradimi?

Yo'q. Mahsulot bozorga mos bo'lmasa, budjet oshishi yo'qotishni tezlashtiradi. Avval taklif yoki mahsulotni o'zgartirish kerak.

PMF testi qancha turadi?

Bizning tajribamizda bozor testi odatda $3,000–$4,000 atrofida; bu kelajakdagi $20,000–$30,000 lik xatodan saqlaydi.

Sizga mos keladimi?

Voronkangizni 1 kunda tahlil qilamiz.

Bog'lanish
Bepul konsultatsiya