AURA Digital
Go-to-Market

MVP'siz sotish: mahsulotni qurishdan oldin pul topish

Safarmurod AbduroziqovSafarmurod Abduroziqovo'qish: 4 daq

Mahsulot tayyor bo'lmasdan qanday sotish mumkin: oldindan sotuv skripti, birinchi 10 mijoz va Nasiya365, MySchool keyslarida real raqamlar.

Mahsulotni qurishdan oldin sotish mumkin va ko'pincha shunday qilish kerak. Birinchi 5–10 mijoz g'oya holatida pul to'lasa, siz ham talabni, ham ishlab chiqish uchun pulni, ham eng aniq texnik topshiriqni olasiz.

Ko'p founder buni "aldash" deb o'ylaydi. Aslida bu ochiq kelishuv: mijoz o'z muammosi uchun yechimni birinchilardan bo'lib, o'z talablari bilan oladi.

Qisqacha:

  • MVP boshlang'ich sotuv uchun shart emas.
  • Birinchi mijozlar — daromad va texnik topshiriq.
  • Video, taqdimot yoki demo bilan sotish mumkin.

Oldindan sotish qanday ishlaydi?

Mijozga taxminan shunday deysiz:

"Aynan siz uchun shu yechimni qilib beraman, keyinchalik uni mahsulot sifatida bozorga chiqaraman."

Shunday 10 ta mijoz — startapning birinchi daromadi. Ularning puli bilan mahsulot quriladi, ularning fikri bilan funksiyalar tanlanadi.

Real keyslarda qanday bo'lgan?

Nasiya365. Mahsulot yo'q paytida $1,000 reklama 22 ta pulli wishlist berdi, 12 ta sotuv × $5,000 bo'ldi. 100 dan ortiq biznes egasi bilan gaplashildi, 20+ oflayn uchrashuv o'tkazildi. Keyingi 1 yilda mahsulot shu mijozlar talabi bo'yicha qurildi.

MySchool. $1,115 reklama → 215 lid. Mahsulot tayyor bo'lmasdan waitlist'da 10 mijoz yig'ildi, jami 22 ta sotuv bo'ldi.

Memor CRM. Qurilish kompaniyalari uchun ERP g'oya holatida Go-To-Market qilindi va muvaffaqiyatli o'tdi. G'oyaning o'zi Odoo lidlari bilan custdev'dan chiqqan. Batafsil: Memor CRM va Profaber keysi.

Nima bilan sotiladi, agar mahsulot yo'q bo'lsa?

Uchta vosita yetarli:

  1. Video — muammo, yechim, natija. Telefonda olingan bo'lishi mumkin.
  2. Taqdimot yoki prototip ekranlari — mahsulot qanday ko'rinishini tushunish uchun.
  3. Shaxsiy uchrashuv — founder o'zi tushuntiradi va savollarga javob beradi.

Muhimi — va'da qilganingizni bajarish. Muddat va hajmni aniq aytib, yozma kelishing.

Juda ko'pchilik qayerda xato qiladi?

Birinchi xato — "avval mukammal product, keyin marketing". 6–12 oy ishlab chiqiladi, keyin ma'lum bo'ladiki, bozor boshqa narsani xohlaydi.

Ikkinchi xato — oldindan sotishda hammaga hamma narsani va'da qilish. Har bir mijoz o'z funksiyasini so'raydi va mahsulot buyurtma xizmatiga aylanadi. Aslida to'g'ri yo'l — umumiy og'riqqa yechim sotish va takrorlanayotgan talablarnigina qurish.

Kimga mos?

B2B SaaS, sohaviy ERP, edtech va xizmat platformalari uchun. Ayniqsa mijoz bilan to'g'ridan-to'g'ri gaplashish mumkin bo'lgan, chek nisbatan katta bo'lgan nishalarda.

Xulosa

Xullas, birinchi ishlab chiqqan emas, bozorga birinchi kirgan yutadi.

  1. Og'riqni aniq yozing.
  2. Video yoki taqdimot bilan taklif qiling.
  3. Birinchi 5–10 mijozdan oldindan to'lov oling.
  4. Ularning talablari bo'yicha quring.

Oldindan sotuv strategiyasini birga tuzamiz — konsultatsiyaga yozilish.

Muallif haqida. Safarmurod Abduroziqov — AURA Digital asoschisi va rahbari. 6 yillik marketing tajribasi, 50+ IT loyiha, ~$1 mln boshqarilgan reklama budjeti. Telegram · LinkedIn

Ko'p beriladigan savollar

Mahsulotni ishlab chiqmasdan sotish mumkinmi?

Ha. Nasiya365 mahsulot yo'q paytida 12 ta sotuv qilgan, MySchool tayyor bo'lmasdan waitlist'da 10 mijoz yig'gan.

Oldindan sotish mijozni aldash emasmi?

Yo'q, agar shartlar ochiq aytilsa: mijoz mahsulot hali qurilayotganini biladi va o'z talablari bilan birinchilardan bo'lib oladi.

MVP qachon kerak bo'ladi?

Birinchi mijozlar to'lab, talablarini aytgandan keyin. Shunda MVP taxmin bilan emas, real talab bilan quriladi.

Birinchi mijozlarni qayerdan topish kerak?

Kichik target, LinkedIn, Telegram va shaxsiy tarmoq orqali. Nasiya365'da 100+ biznes egasi bilan suhbat va 20+ oflayn uchrashuv bo'lgan.

Sizga mos keladimi?

Voronkangizni 1 kunda tahlil qilamiz.

Bog'lanish
Bepul konsultatsiya