Napkin test — startap g'oyasini qog'oz, telefon va Instagram yordamida, bir dona kod yozmasdan tekshirish usuli. G'oya 5 savolga javob sifatida yoziladi, qisqa videoga aylanadi va kichik target bilan bozorga chiqariladi.
Startaplarning katta qismi bozorga kerak bo'lmagan mahsulot qurgani uchun yiqiladi. Founder 6 oydan 1 yilgacha ishlab chiqadi, keyin bilib qoladi: hech kim to'lamaydi. Napkin test buni bir necha haftada ko'rsatadi.
Qisqacha:
- Kerak: telefon, Instagram sahifa, qog'oz.
- 5 savol → qisqa video → target → suhbatlar.
- Har bir suhbat — keyingi taklif uchun material.
5 savol qanday?
G'oyani shu savollarga javob qilib yozing:
- Startapingiz nima?
- Kimning qanday muammosiga yechim beradi?
- Aynan qanday yechim?
- Natijada mijoz nimaga erishadi?
- Undan qanchalik manfaat oladi?
Agar biror savolga aniq javob bera olmasangiz — bu birinchi signal. G'oya hali sizning boshingizda ham tayyor emas.
Videoni qanday qilish kerak?
Telefonda 30–60 soniyalik video oling. Ssenariy — beshta javob. Oxiriga isbot qo'ying: o'xshash xalqaro misol yoki o'z keysingiz. Keyin CTA:
"Izohda + qoldiring, demoni ko'rsatamiz."
Chiroyli montaj shart emas. Bu bosqichda siz kreativni emas, talabni test qilyapsiz.
Target va suhbatlar
Videoni Instagram'ga joylang va kichik budjet bilan targetga qo'ying. Javob bergan har bir odam bilan founder sifatida o'zingiz gaplashing. Agentga yoki operatorga topshirmang: bu bosqichda eng qimmatli narsa — mijozning o'z so'zlari.
"Sota olmadim, o'xshamadi" degan narsa yo'q. Har bir uchrashuvni yozib oling. U keyingi taklif uchun shpargalka bo'ladi.
Natijani qanday baholash kerak?
Uch xil natija bo'ladi:
- PMF belgisi — odamlar to'lashga tayyor, oldindan pul berishadi.
- Pivot — qiziqish bor, lekin boshqa narsaga.
- Kill — hech kim qiziqmaydi.
Uchinchi variantdan qo'rqmang. $3,000–$4,000 lik test sizni $20,000–$30,000 lik yo'qotishdan saqlaydi. Batafsil: Go-To-Market: 6 bosqich.
Bu usul real keyslarda qanday ishlagan?
Mahsulot tayyor bo'lmasdan bozorga chiqqan loyihalarimizdan:
- Nasiya365: product yo'q paytida $1,000 reklama → 22 ta pulli wishlist va 12 ta sotuv × $5,000.
- MySchool: $1,115 → 215 lid, tayyor bo'lmasdan waitlist'da 10 mijoz, jami 22 ta sotuv.
- Tuzuk AI: $300 → 10 kunda $3,000+ obuna.
Bu raqamlar oddiy video va to'g'ri taklif bilan boshlangan.
Xulosa
Xullas, kod yozishdan oldin talabni yozing.
- 5 savolga javob bering.
- Telefonda video oling.
- Kichik target bilan chiqaring.
- Har bir qiziqqan odam bilan o'zingiz gaplashing.
- Natijaga qarab: davom, pivot yoki to'xtash.
G'oyangizni birga testlaymiz — konsultatsiyaga yozilish.
Muallif haqida. Safarmurod Abduroziqov — AURA Digital asoschisi va rahbari. 6 yillik marketing tajribasi, 50+ IT loyiha, ~$1 mln boshqarilgan reklama budjeti. Telegram · LinkedIn
Ko'p beriladigan savollar
Napkin test nima?
Startap g'oyasini mahsulot qurmasdan tekshirish usuli: g'oya 5 savolga javob qilib yoziladi, qisqa videoga aylanadi va kichik reklama bilan bozorga chiqariladi.
Napkin test uchun qancha budjet kerak?
Oddiy versiyasi uchun kichik target budjeti yetarli. To'liq bozor testi odatda $3,000–$4,000 atrofida turadi.
Video professional bo'lishi kerakmi?
Yo'q. Bu bosqichda telefon video yetarli: siz kreativni emas, talabni tekshiryapsiz.
Suhbatlarni kim o'tkazishi kerak?
Founderning o'zi. Mijozning muammosini to'g'ridan-to'g'ri eshitish — testning eng qimmatli qismi.
