AURA Digital
Go-to-Market

$1,124 reklama bilan 24 ta B2B sotuv va 9 oyda Odoo Gold Partner: DeepVision keysi

Odoo ERP integratori

$1 658 lik reklama → 30 ta B2B sotuv

Odoo integratori uchun marketing qanday natija berishi mumkin? DeepVision keysi bunga aniq javob: birinchi 9 oyda $1,124 reklama bilan 24 ta B2B sotuv va O'zbekistondagi birinchi Odoo Gold Partner maqomi. Bugun sotuvlar soni 30 taga, o'rtacha chek $50,000 ga yetdi.

Video

Yangi integrator, tanilmagan → O'zbekistondagi birinchi va yagona Odoo Gold Partner

Bozordagi o'rni

9 oyda 24 ta, hozirgacha 30 ta B2B sotuv

Sotuvlar

$50,000 (eng kattasi $100,000+)

O'rtacha chek

Go-to-MarketBrendingSMMPerformance

Fact sheet

MijozDeepVision — Odoo ERP integratori
Hamkorlik2025-yil maydan hozirgacha
Birinchi 9 oy$1,124 reklama → 24 ta B2B sotuv, chek $5,000–$100,000+
MaqomO'zbekistondagi birinchi va yagona Odoo Gold Partner
Hozirgi holat30 ta sotuv, o'rtacha chek $50,000; jami reklama $1,658
XizmatlarEvent marketing, PR, performance marketing, SMM, video production, lidgeneratsiya

Vaziyat

DeepVision — Odoo ERP integratori — biz bilan birinchi 9 oyda $1,124 reklama budjeti bilan 24 ta B2B sotuv qildi va O'zbekistondagi birinchi Odoo Gold Partner bo'ldi. Bugun sotuvlar 30 taga, o'rtacha chek $50,000 ga yetdi. Quyida event marketing, kontent va VSL qanday qilib shu natijani berganini bosqichma-bosqich ko'rsatamiz.

DeepVision — bizneslarga Odoo ERP tizimini joriy qiluvchi va rivojlantiruvchi integrator kompaniya. Asoschisi Amon Olimov — 13 yillik tajribaga ega Odoo mutaxassisi. Mijozlari — o'z biznesini raqamlashtirmoqchi bo'lgan ishlab chiqarish va savdo korxonalari, ERP uchun $10,000–$15,000 va undan ko'p to'lashga tayyor tadbirkorlar.

Ish boshlashdan oldin ikkita talab qo'yildi: kompaniyani bozorga tanitish va sotuvlarni tez boshlash.

Qiyinchilik shunda ediki, ERP bozori kichik. O'zbekistonda $15,000 lik tizimga pul to'lashga tayyor va uning foydasini tushunadigan tadbirkorlar ko'p emas. Bunday mahsulotni oddiy target reklama bilan "bir bosishda" sotib bo'lmaydi — mijoz sizni tanishi va ishonishi kerak.

Ijro

  • Event marketing bilan boshladik — 2025-yil may oyida tadbirkorlar va ERP integratorlari uchun seminar o'tkazdik: 200+ lid → call center 126 kishiga qo'ng'iroq qildi → 101 kishi keldi.
  • Kontent va VSL — Instagram'da Reels, YouTube'da darsliklar va moliyachilar bilan podkastlar: Odoo joriy qilish, tannarx hisobi, biznesni tizimlashtirish. Darsliklarni VSL (sotuvchi video) formatida targetga qo'ydik. Birinchi sotuv shu yo'l bilan 3 kunda yopildi — Qoraqalpog'istondagi zavod, $15,000.
  • Retargeting orqali sotuv siklini qisqartirdik — Yig'ilgan tadbirkorlar bazasiga YouTube darsliklarni ko'rsatdik — ekspertlik isbotlandi, sotuv sikli 3 kungacha qisqardi.
  • Kengayish uchun PR — PDP'da xakaton — 200+ dasturchi: xodim jalb qilish va integratorlar bilan hamkorlik.
  • Biznes Forum — 2026-yil 20-yanvarda xalqaro Odoo kompaniyasi bilan hamkorlikda forum — ~400 tadbirkor (forum keysi).

Natijalar

Bozordagi o'rniYangi integrator, tanilmagan → O'zbekistondagi birinchi va yagona Odoo Gold Partner
Sotuvlar9 oyda 24 ta, hozirgacha 30 ta B2B sotuv
O'rtacha chek$50,000 (eng kattasi $100,000+)
Sotuv sikliUzoq "o'ylab ko'raman" davri → 3 kungacha
Reklama budjeti9 oyda $1,124; jami $1,658

Mijoz fikri

“Menda 6 oyga yetadigan loyihalarim bor, 6 oy davomida menga target va reklama shart emas, buyog'iga ulgurmayman.”

— Amon Olimov, DeepVision asoschisi (forumdan keyin)

Xulosa

Jami: 2 ta seminar, 3 ta xakaton, 1 ta forum, 200+ test qilingan kreativ.

1 yilga mo'ljallangan strategiya 9 oyda bajarildi. Shu budjet ichida DeepVision'ning yana ikki yangi productini ham bozorga chiqardik (Memor CRM va Profaber keysi).

Bu yondashuv kimlarga mos? Bu yondashuv ERP integratorlari, B2B SaaS va IT xizmat kompaniyalariga mos keladi — ayniqsa cheki $5,000 dan yuqori, qaror uzoq qabul qilinadigan mahsulotlarga. Agar mahsulotingizni "bir bosishda" sotib bo'lmasa, event, kontent va VSL kombinatsiyasi reklamadan ko'ra ko'proq ishlaydi.

1. Qimmat B2B mahsulotda ishonch yuzma-yuz quriladi. Seminar va forumlar reklamadan kuchli ishladi.

2. Kontent — sotuv siklini qisqartiradigan instrument. YouTube darsliklar "o'ylab ko'raman" davrini 3 kunga tushirdi.

3. B2B'da budjet emas, tizim natija beradi. 30 ta sotuv, o'rtacha chek $50,000 — jami $1,658 reklama.

Sizga ham shunday natija kerakmi? Agar siz ERP integratori, IT kompaniya rahbari bo'lsangiz yoki o'z mahsulotingizni bozorga olib kirmoqchi bo'lsangiz — konsultatsiyada tizimingizni ko'rib chiqamiz. Minimal hamkorlik muddati — 1 yil.

Muallif haqida. Safarmurod Abduroziqov — AURA Digital asoschisi va rahbari. 6 yillik marketing tajribasi, 50+ IT loyiha, ~$1 mln boshqarilgan reklama budjeti. Telegram · LinkedIn

Savol-javob

DeepVision qancha vaqtda Gold Partner bo'ldi?

8-oy oxirida rasman Odoo Gold Partner bo'ldi va buni 9-oyda e'lon qildi. Shu davrda 24 ta B2B sotuv amalga oshdi.

Qancha reklama budjeti sarflandi?

Birinchi 9 oyda $1,124 (forum reklamasi bilan). Hozirgacha DeepVision'ning barcha productlari uchun jami $1,658.

Qaysi kanal eng samarali bo'ldi?

Event marketing (seminar, xakaton, forum) va YouTube darsliklar + VSL target kombinatsiyasi. Call center orqali lidlarga qo'ng'iroq qilish tashrif va sotuvni hal qildi.

Bu yondashuv boshqa ERP kompaniyalariga mos keladimi?

Ha, ayniqsa cheki $5,000 dan yuqori B2B mahsulotlar uchun. Qanday ishlashi haqida batafsil: B2B event marketing: 6 qadam.

Sizga mos keladimi?

Voronkangizni 1 kunda tahlil qilamiz.

Bog'lanish
Bepul konsultatsiya