AURA Digital
Metrikalar

Rad etish darajasi (Bounce Rate)

Bounce rate — saytga kirib, hech qanday harakat qilmasdan darhol chiqib ketganlar ulushi. Yuqori bounce ko'pincha noto'g'ri trafik yoki zaif sahifadan darak beradi.

Bilim bazasiga qaytish

Bounce rate (rad etish darajasi) — saytga kirib, birorta ham harakat qilmay (boshqa sahifaga o'tmay, tugma bosmay) darhol chiqib ketgan tashrifchilar foizi. Yuqori bounce — sahifa mehmonni ushlab turolmaganining signali.

Sabablari odatda uchta: sahifa sekin yuklanadi, kontent kutganidan boshqa (noto'g'ri trafik) yoki dizayn chalkash. Bounce'ni tushirish uchun avval shu uchtasini tekshiring.

Ko'p so'raladigan savollar

Yuqori bounce rate har doim yomonmi?

Har doim emas. Masalan, blog maqolasida odam javobini o'qib, qoniqib chiqib ketishi mumkin — bu normal. Lekin landing yoki katalogda yuqori bounce muammoni ko'rsatadi.

Bu atama biznesingizga tegishlimi?

30 daqiqada hozirgi voronkangizni ko'rib chiqamiz — aniq action plan bilan chiqasiz.

Bog'lanish
Bepul konsultatsiya